Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kamoliddin Tojiyev: «Bugun hamma o‘z darajasida o‘ynadi»

Kamoliddin Tojiyev: «Bugun hamma o‘z darajasida o‘ynadi»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" murabbiyi Kamoliddin Tojiyev Superliganing 16-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Qiziqarli o‘yin bo‘ldi, yigitlar ko‘rsatmalarni bajarishdi. Birinchi bo‘limda bellashuvni nazorat qildik. Ikkinchi bo‘limda ehtiyotkor harakatlandik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan so‘ng yana yaxshi hujumlar uyushtirdik. Bugun hamma o‘z darajasida o‘ynadi.

Namanganlik muxlislarga o‘yinimiz ma’qul kelgan shekilli, ular bahsdan keyin bizni olqishlar bilan kuzatishdi.

"Navbahor" bilan o‘yinlar doim shiddatli kechadi. Avvalgi o‘yinda ruhan bir oz kamchilik kuzatilgan bo‘lishi mumkin", — dedi Tojiyev.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:04, 10.08.2023.
O'qildi: 3296 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик