Angliyaning amaldagi chempioni “Manchester Siti” futbol bo‘yicha Angliya Premyer-ligasining ochilish o‘yinida “Byornli”ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba "shaharliklar" uchun ushbu klublar o‘rtasidagi qarama-qarshilikdagi qatorasiga sakkizinchi g‘alaba bo‘ldi. Oxirgi sakkizta to‘qnashuvning umumiy hisobi 25:0 “Siti” foydasiga.
Keyingi turda “Manchester Siti” o‘z maydonida “Nyukasl”ni qabul qiladi, “Byornli” esa “Aston Villa” bilan o‘ynaydi.