Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Superliga. “Qizilqum” – “Metallurg”, prevyu

Superliga. “Qizilqum” – “Metallurg”, prevyu

Baho:
+ | -

Mazkur jamoalar shu kungacha O‘zbekiston chempionatlarida 47 marta kuch sinashgan. Shularning 17 tasi “Metallurg” , 18 tasida “Qizilqum” jamoasi g‘alaba qozongan. 12 ta o‘yinda esa kuchlar teng kelgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi 61:60, vohaliklar oldinda. “Metallurg” bu raqibini ikki marta 4:1 hisobida dog‘da qoldirgan (2006, 2019). “Qizilqum” esa bitta uchrashuvda bekobodliklar darvozasiga javobsiz beshta to‘p (0:5, 2006) yo‘llagan.

Mazkur jamoalarning Navoiyda o‘tkazilgan uchrashuvlarida mezbonlar katta ustunlikka ega: 12 ta g‘alaba, 6 ta durang, 5 ta mag‘lubiyat, to‘plar nisbati – 35:20.

Quyida Navoiyda bo‘lib o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuvida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

29.09.2022  “Qizilqum” – “Metallurg” – 0:1
27.11.2021  “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:3
24.11.2020  “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:0
29.10.2019  “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:1
05.05.2018  “Qizilqum” – “Metallurg” – 1:2

"Qizilqum” haqida
Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga 1974 yilda asos solingan. Dastavval jamoa Zarafshon shahrida “Progress” nomi bilan faoliyat yuritgan. Mamlakat mustaqilligiga qadar jamoa viloyat, respublika birinchiligi hamda sobiq Ittifoq chempionati ikkinchi ligasida o‘ynagan. 1992 yilda O‘zbekiston birinchiligida qatnashib kelgan jamoa 1999 yili quyi ligada 3-o‘rinni egalladi va oliy ligaga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 1994 yildan “Qizilqum” nomi bilan yuritib kelinayotgan jamoa oliy ligadagi uchinchi mavsumida eng yuqori natijasini qayd etdi, ya’ni bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugungacha navoiyliklar kuchlilar safida 675 ta uchrashuv o‘tkazib, shulardan 236 tasida g‘alaba qozongan, 148 o‘yinda durangga erishgan, 291 o‘yinda esa imkoniyatni boy bergan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 809:967.

“Qizilqum” jamoasining oliy ligadagi eng yirik g‘alabasi – 7:0 (2003 yil, “Guliston”), eng yirik mag‘lubiyati – 0:11 (2007 yil, “Paxtakor”) tashkil etadi.

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 09:39, 12.08.2023.
O'qildi: 1103 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.