Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Aleksandr Xomyakov: «Tushunarsiz gollar o‘tkazib yubordik»

Aleksandr Xomyakov: «Tushunarsiz gollar o‘tkazib yubordik»

Baho:
+ | -

Superliga 16-turidan o‘rin olgan «Bunyodkor» – «Andijon» (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Tushunarliki, shuncha harakat qilishimizga qaramay mag‘lubiyatga uchradik. Lekin mag‘lubiyatga xos tarzda o‘yin ko‘rsatmadik. Aksincha, yaxshi harakat qilgandik. Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida o‘ylagan rejalarimiz amalga osha boshlagandi. Markazdagi faolligimiz va tezkor hujumimiz natijasida gol urgandik. Yana vaziyatlar ham bo‘ldi, lekin ulardan foydalana olmadik. Afsuski, hisobni ochganimizga qaramay, yakunda mag‘lubiyatga uchradik. Tushunarsiz gollarni o‘tkazib yubordik. Lekin shuncha harakat qilsakda, omad bu safar biz tomonda bo‘lmadi, aksincha raqibga kulib boqdi.

Bir qator muammolarimiz ham bor edi. Birinchi bo‘limda jamoamiz ancha agressiv harakat qildi. Qaerdadir tajriba etishmadi, to‘pni saqlab turish borasida xatoliklarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda charchoq alomatlari ham sezildi. Afsuski, yigitlar harakat qilishganiga qaramasdan ijobiy tarafga o‘zgarish bo‘lmadi. Ammo futbolchilarimizni butunlay charchab qolishdi, deb ayta olmayman. Har tomonlama kurashishdi. Ammo raqib ham bizga etarlicha qarshilik ko‘rsatdi. «Bunyodkor» ham o‘yinga yaxshi tayyorlangan, bizning kuchli va kuchsiz jihatlarimizni o‘rganib chiqqan. Raqibimizning o‘yin taktikasiga qarab biz ham o‘yin tashkil qildik. Yigitlar mag‘lubiyatdan qutulib qolish uchun kurashishdi. Ularga keskin e’tirozlarim yo‘q.

Albatta, ikkinchi davra boshida birinchisiga nisbatan gol kiritish qiyin bo‘lyapti. Yigitlar ham unga imkon qadar to‘p oshirib, vaziyatlar yaratishga harakat qilishyapti. Birinchi davrani ko‘pchilik kutmagan tarzda 6-o‘rinda yakunladik. Albatta, bunda Rubinning ham katta hissasi bor. Xebay imkon tug‘ildi deguncha o‘z vazifasini bajara oladi. Biroq ba’zi holatlarda unga to‘p qulay tarzda etib kelmayapti. O‘zi ham gol urishni juda xohlayapti. Ammo qulay paslar etarlicha bo‘lmayotgani bois unda imkoniyatlar kamroq bo‘lyapti. Aytyapmanku, bizda ayrim kamchiliklar bor. Qanot yarim himoyamizda biroz muammolar kuzatilyapti. Qanotlardan hujumlar yaxshi tashkil qilinsa va qulay paslar uzatib berilsa, hujumchimiz albatta gol uradi. Bir o‘zi gol urishi qiyin narsa. Umid qilamanki, tez orada Xebay yana gol urishni boshlaydi”, – dedi Xomyakov.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:45, 13.08.2023.
O'qildi: 1217 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик