Eder Militao xochsimon paylarini uzishi tufayli deyarli butun mavsumni o‘tkazib yuboradi.
AS xabariga ko‘ra, «Real» himoyachisi jarohatidan forig‘ bo‘lishi uchun kamida 9 oy kerak bo‘ladi.
The Athletic jurnalisti Gilyermo Rayning xabar berishicha, eng tez holatda Eder 6 oydan keyin maydonga qaytadi.
Bu tiklanishning minimal davri. Biroq, «Real Madrid»dagi ba’zi manbalarga ko‘ra, braziliyalikning davolanishi uchun kamida 9 oy kerak bo‘ladi. Bu holatda u aprel oyida Tibo Kurtua bilan bir vaqtda maydonga qaytadi.
Militao La Liganing 1-turi doirasidagi «Atletik»ga (2:0) qarshi o‘yinda tizzasidan jarohat oldi. Braziliyalik futbolchi 50-daqiqada almashtirildi, u ko‘z yoshlari bilan maydonni tark etdi.