Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Samvel Babayan: “Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishimiz juda muhim edi”

Samvel Babayan: “Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishimiz juda muhim edi”

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi 1/8 finalidan o‘rin olgan  “Aral” — “Navbahor” (0:2)  jamoalari uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “lochinlar” bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Odatdagidek, Samvel  Vyacheslavovich o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Assalomu alaykum! So‘zim avvalida barcha “Navbahor” muxlislarini g‘alaba bilan tabriklayman. Biz uchun muhim bo‘lgan bahs og‘ir kechganligiga qaramay, zafar quchdik. Buning uchun shogirdlarimga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Yigitlar professional ekanliklarini mazkur o‘yinda namoyish etishdi.

“Aral”ni Nukusda mag‘lub etish oson deb o‘ylaganlar qattiq adashadilar.  Sababi, mazkur maydonda bo‘lib o‘tgan oldingi bahslar va bugungi uchrashuv garchi jamoamiz mahorat borasida mezbonlardan ustun bo‘lsada, buni amalga oshirish qiyin ekanligini namoyish etdi.

O‘z o‘rnida yana shuni ta’kidlash joizki, bugungi bahs Superligadagi ayrim bellashuvlardan ko‘ra, tomoshaboproq kechdi. Shuningdek, Superligadagi so‘nggi bahsimiz kabi qiziq o‘tdi. Boisi, “Aral” futbolchilari bugun o‘zgacha kayfiyatda maydonga tushishdi. Bugungi o‘yinda g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishimiz juda muhim edi. Chunki oldingi uchrashuvda mag‘lubiyatga munosib emas edik, shu sababli, ushbu g‘alaba Osiyo Chempionlar Ligasidagi muhim o‘yin oldidan yigitlarga  ruhiy tushkunlikdan chiqib ketishlariga yordam berardi.

“Aral” haqida alohida to‘xtalmoqchiman. Mezbonlar haqiqiy jangchilardek harakat qilishdi, muxlislar uchun o‘ynashdi. Maydon egalari agressiv, zamonaviy o‘yin namoyish etib, vazifamizni qiyinlashtirishdi.

O‘z navbatida, mazkur hududning ham Superligada jamoasi bo‘lishi, mazkur ligada munosib ishtirok etishini tilayman. “Aral”  joriy mavsumda yoki kelasi yili Superligaga chiqishini xohlardim.

— “Navbahor” milliy chempionatdagi so‘nggi o‘yinda “Paxtakor”ga imkoniyatni boy bergandi. O‘sha mag‘lubiyatning bugungi bahsga ta’siri bo‘ldimi?
— Ha, ta’siri bo‘ldi. Biroq yigitlar maydonga chiqib, g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

— “Aral” tarkibidan qaysi futbolchilarni o‘z jamoangizda ko‘rishni xohlagan bo‘lardingiz?
— Jamoaning barcha chiziqlarida yaxshi yigitlar bor. Ammo ular havolanib ketmasliklari uchun ismlarini aytmayman. Futbolchilarning darajasi Superligada o‘ynashga yetadi. Jamoaning muvaffaqiyatlarida Ne’matillo Quttiboyevning xissasi katta deb bilaman. Bu jamoani Superligada ko‘rishdan xursand bo‘lardim.

— “Navbahor” futbolchilari o‘yin vaqtini cho‘zishga urinishgandek bo‘lishdi. Buning sababi nimada?
— Sun’iy maydon qoplamasi futbolchilarga jarohat yetkazishi mumkin. Kurashlar ko‘p bo‘ldi. Nafaqat, “Navbahor” balki, “Aral” futbolchilari ham shikastlanishganida, tanaffuslar yuz berdi. Biz vaqtni cho‘zish uchun ko‘rsatma bermaymiz. Yigitlar shunchaki jarohatlardan saqlanishga harakat qilishdi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 06:02, 15.08.2023.
O'qildi: 2179 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.