Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

14 avgust kuni transfer olamida juda ko‘p qiziqarli voqealar sodir bo‘ldi: "Chelsi"dan rekord pulga yangi futbolchi, "PSJ"da kadrlar o‘zgarishi. Bularning barchasi bizning dayjestimizda.

Moyses Kaysedo - "Chelsi" futbolchisi. Klub va APL tarixidagi eng qimmat xarid

Ko‘pchilik kutgan narsa amalga oshdi. "Brayton" himoyachisi nihoyat aqldan ozgan pul uchun Londonga ko‘chib o‘tdi. Ekvadorlik uchun klub 115+20 million yevro to‘lagan."Chelsi" hech qachon bir futbolchiga bunchalik ko‘p pul to‘lamagan. Aytgancha, bu xarajatlar Todd Boulining xarajatlar hisoblagichini yangiladi: amerikalik transferlar uchun allaqachon 1 milliard yevro sarflagan.

Arnautovich "Inter"ga qaytadi. 13 yildan keyin

13 yillik tanaffusdan so‘ng Marko Arnautovich yana "Inter" tarkibida asosiy tarkib uchun kurashib ko‘radi. Arnautovich "neradzurrilar"dan ketgan Edin Jekoga muqobil sifatida ko‘rilmoqda. "Bolonya" avstriyalik uchun 8+2 million yevro oladi.

"Roma" Paredes va Sanchesni "PSJ"dan sotib oldi

Rimning "Roma" klubi birdaniga "PSJ"ning ikki futbolchisi bilan shartnomani yopishga yaqin turibdi. Rimliklar Parijdan Leandro Paredes hamda Renatu Sanshesh orqali yarim himoya pozisiyadagi kamchiliklarni yopmoqchi. Ikkala futbolchi borasidagi muzokaralar deyarli yakunlandi. Transferlar yaqin orada e’lon qilinadi.

"Manchester Yunayted" Pavarni "Bavariya"dan sotib olmoqchi

Fransuz himoyachisiga uzoq vaqtdan buyon APL klublaridan qiziqish bor. Hozirda "Manchester Yunayted" Pavar uchun 29-30 million yevro pul taklif qilishga tayyor. Myunxenliklar esa fransuzni 45-50 millionga baholamoqda. Ko‘ramiz, transfer amalga osharmikin.

"Vest Xem" "Ayaks"da Paketa o‘rniga futbolchi topdi

Muhammad Kudus transfer oynasining qolgan qismida londonliklarning asosiy nishoni hisoblanadi. Bunga Lukas Paketaning bir oyog‘i allaqachon "Manchester Siti"da bo‘lgani sabab bo‘ldi. "Ayaks"dan Gana termasi vakili uchun 40 million yevro so‘ramoqda. Ammo Premyer-liga vakili uchun bu narx yanada ko‘tarilishi mumkin.

"Real Madrid"da jarohat olgan Kurtuaning o‘rnini Kepa egallaydi

Madrid shoshilinch ravishda yangi birinchi raqamni topdi - vaqtinchalik bo‘lsa ham. Darvozabon Arrisabalaga mavsum uchun "Chelsi"dan 1 million yevro evaziga ijaraga olingandi. Bu yaxshi qarormi? Aynan Angliyada Kepa juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ygan va kulgiga aylangan, Ispaniyada esa "Atletik"da o‘ynaganida ajoyib o‘yin ko‘rsatgan edi.

Neymar "Al-Hilol" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

"PSJ" yulduzi Saudiya Arabistoniga o‘tishga yaqinlashib bormoqda. Qayd etilishicha, braziliyalik barcha kerakli ko‘riklardan o‘tgan va tez orada Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnoma imzolaydi. Aytgancha, Neymarning maoshi ochiqlandi - 150 million yevro. Bu uning Parijda oladiganidan deyarli olti barobar ko‘p.

Kiritildi: 09:22, 15.08.2023.
O'qildi: 5438 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.