Angliya premyer-ligasi vakili bo‘lgan «Bornmut» o‘z tarkibini 24 yoshli «Lids» yarim himoyachisi Tayler Adams bilan kuchaytiradi.
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «olchalar» futbolchini 23 million yevroga sotib olish bandini faollashtirgan - bu uning shartnomasida yozilgan.
Futbolchining o‘ziga kelsak, u faoliyatini yuqori liga klubida davom ettirishga ahd qilgan. «Bornmut» ham kelishuvga optimistik qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adams Londonning «Chelsi» klubida tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagani haqida xabar berilgandi.