"PSJ" faoliyatini "Al-Hilol"da davom ettiradigan Neymarning o‘rniga "Yuventus" yarim himoyachisi Federiko Kyezaga qiziqish bildirmoqda.
La Gazette Dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" 25 yoshli futbolchini sotishga tayyor va u uchun 50-60 million yevro olishni istamoqda. Uning turinliklar bilan shartnomasi yana 2 mavsumga mo‘ljallangan.
Futbolchining o‘zi katta ehtimol bilan A Seriyani Liga1 ga o‘zgartirishga tayyor.
Avvalroq futbolchiga “Aston Villa” va “Nyukasl” klublari qiziqayotgan edi, biroq futbolchi bu taklifni rad etgandi.













