Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Keyn: "Bavariya"da o‘ynasangiz faqat g‘alaba haqida o‘ylashingiz kerak"

Keyn: "Bavariya"da o‘ynasangiz faqat g‘alaba haqida o‘ylashingiz kerak"

Baho:
+ | -

Xarri Keyn "Bavariya"dagi birinchi mavsumdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Ko‘pchilik bu yerga kelganimning sababi deb sovrinlar haqida gapirishadi, lekin men bu yerga yaxshilanish uchun keldim, har kuni chempionlar ligasida g‘alaba qozonish, Chempionlar ligasida uzoqqa borish va o‘zimni chegaraga surish kerak bo‘lgan bosimni his qilish uchun keldim.

Agar o‘yinlarda g‘alaba qozonsak, chempionlar ligasida g‘alaba qozonsak - men hujumda o‘ynasam va ehtimol gol ursam - bu kelajakda individual sovrinlarni qo‘lga kiritish imkonini beradi.

Ammo barchasi jamoa sifatida nimaga erishganingizga bog‘liq. Men birinchi navbatda shu narsaga e’tibor qaratyapman.

Oldinda bizni uzoq mavsum kutmoqda. "Bavariya"da chempionlikni qo‘lga kiritish va Chempionlar ligasida uzoqqa borish uchun katta bosim bor va men bu vazifani o‘z zimmasiga olganimdan xursandman.

"Bavariya" kabi klubda o‘ynab, g‘alaba qozonish kerak. Bunga hech qanday shubha yo‘q. Agar siz g‘alaba qozonmasangiz yoki yomon ishlasangiz, ular sizdan shubhalanishadi. Faoliyatim davomida bunga "Tottenxem" va Angliya terma jamoasida to‘qnash kelganman.

Yangi mavsumni har doim yaxshi boshlashni xohlaysiz. Birinchi mehmondagi o‘yin qiyin bo‘ladi, ammo g‘alaba qozonsak, o‘zimizga bo‘lgan ishonch paydo bo‘ladi" - dedi Keyn.

"Bavariya" Bundesliga mavsumini 18 avgust kuni "Verder"ga qarshi safar o‘yini bilan ochadi.

 

Kiritildi: 22:31, 16.08.2023.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.