"Xetafe" tibbiyot shtabi vakili 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, Kristofer Oyola Palasios La Liganing 1-turida "Barselona"ga qarshi o‘yinda Rafinyaning qo‘polligidan noroziligini bildirgan. "Xetafe" tibbiy jamoasi a’zosi hakamlarni haqorat qilib, braziliyalikni chetlatishni talab qildi, natijada unga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Eslatib o‘tamiz, Rafinya 42-daqiqada "Xetafe" himoyachisi Gaston Alvaresga tirsagi bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgandi.
"Barselona" vingeri La Ligada 2 ta o‘yinga, kataloniyaliklar bosh murabbiyi Xavi ham 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.