Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarori: "Andijon" va "Neftchi" jarimaga tortildi, Mitrovich ikkita o‘yinga chetlatildi

O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasining qarori: "Andijon" va "Neftchi" jarimaga tortildi, Mitrovich ikkita o‘yinga chetlatildi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Neftchi” — “So‘g‘diyona”

O‘zbekiston Superligasining 16-turi doirasidagi “Neftchi” — “So‘g‘diyona” uchrashuvida “So‘g‘diyona” vakili Milan Mitrovich maydon atrofida ishlayotgan to‘p olib beruvchi bolalarga nisbatan futbolchilarga xos bo‘lmagan qo‘pol va tajovuzkor xatti-harakat sodir qilgan. Darvozabonning bu xatti-harakati oqibatida stadionda tartibsizliklar yuzaga kelgan va bir qator futbol ishqibozlari texnik zona chegaralarini kesib o‘tib, maydonga tushishga, ommaviy janjal keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Milan Mitrovichga ("So‘g‘diyona") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Neftchi” futbol klubi muxlislari tribunadan maydonga yugurib chiqqanligi, uchrashuv vaqtida va uchrashuv yakunlangandan so‘ng maydon hamda futbolchilar tomonga turli buyumlar uloqtirilganligi, ommaviy tartibsizliklar keltirib chiqarilgani sabab “Neftchi” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Neftchi” futbol klubining uy uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

"Andijon" — "Surxon"

Superliganing 15-turi doirasidagi “Andijon” — “Surxon” uchrashuvi yakunlanganidan so‘ng “Andijon” klubi uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan stadion matbuot anjumani zalida ayrim shaxslar ovqatlanishi tashkil etilib, spirtli ichimliklar ichilgani, tartibsizliklar vujudga keltirilgani qayd etilgan. Bu – "Superliga va Pro liga reglamenti"ning 15.4-bandida futbol klubi o‘z tomoshabinlari (jamoa muxlislari), shuningdek, klub nomidan biror-bir uchrashuvda muayyan vazifani bajarayotgan har qanday shaxs xulqi uchun javobgar ekanligi, shuningdek “O‘zPFL tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar va musobaqalarda ishlovchi OAV vakillari uchun media yo‘riqnoma”ning 2.9-bandida media tribuna, matbuot anjumanlari zali va media markazga rasmiy tadbirlar vaqtida OAV xodimlaridan tashqari boshqa shaxslar kiritilishi taqiqlanishi to‘g‘risidagi qoidalarga zid hisoblanadi.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi. Mazkur holat takrorlangan taqdirda “Andijon” klubining uy uchrashuvlari muxlislarsiz o‘tishi to‘g‘risida ogohlantirildi.

“Metallurg” — “Navbahor”

Superliganing 15-turi doirasidagi “Metallurg” — “Navbahor lochinlari” uchrashuvi yakunlangandan so‘ng “Metallurg” futbol klubi futbolchisi Akmal Ortiqov “Navbahor” futbol klubi rasmiylariga nisbatan futbolchilarga xos bo‘lmagan nojoiz xatti-harakat sodir qilgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Akmal Ortiqov ("Metallurg") nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Surxon” — “Turon”

Superliganing 16-turi doirasidagi “Surxon” — “Turon” uchrashuvining 79-daqiqasida “Turon” futbol klubi futbolchisi Xurshid Muxtorov raqib o‘yinchisining yuz va ko‘krak qismi atrofiga qo‘li bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xurshid Muxtorovga ("Turon") nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro liga

“Dinamo” — “Yunired”

Pro liganing 13-turi doirasidagi “Dinamo” — “Yunired” uchrashuvining 66-daqiqasida “Yunired” klubi futbolchisi Sayyodbek Davronov to‘p uchun kurashish vaqtida oyog‘ining tag qismi bilan raqib o‘yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sayyodbek Davronovga ("Yunired") nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish intizom chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 14:05, 17.08.2023.
O'qildi: 3267 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.