Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Alemani nima uchun «Barselona»ni tark etdi?

Alemani nima uchun «Barselona»ni tark etdi?

Baho:
+ | -

Mateu Alemani klubga ta’siri pasaygani uchun «Barselona»ni tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, Alemani 2 sentyabrdan boshlab «Barselona» sport direktori lavozimini tark etadi. Bu lavozimni Deku egallaydi.

Marca xabariga ko‘ra, Dekuning «Barselona» bilan muzokaralardagi shartlaridan biri sport masalalarida yetakchilik qilish edi. Alemaniga klubda boshqa lavozim taklif qilingan, ammo rad javobi berilgan.

Shuningdek, «Barselona» prezidenti Joan Laporta Alemanining Xavi va Kroyff bilan birgalikda qabul qilgan ba’zi qarorlaridan norozi bo‘lgani xabar qilindi.

Dekuning tayinlanishi Laportaga klub tarkibini shakllantirishda ko‘proq ta’sir o‘tkazishga imkon beradi, portugaliyalik sobiq futbolchi esa uning ishonchli vakili hisoblanadi.

Bundan tashqari, Alemanining iste’foga chiqishiga shu yilning may oyida «Aston Villa»dan tushgan taklif ta’sir qilgani ta’kidlangan.

«Barselona» Alemani yana ketmoqchi bo‘lishidan qo‘rqdi, bu klubga sezilarli ta’sir qiladi, shuning uchun ular Dekuga ko‘proq ta’sir ko‘rsatishga qaror qilishdi.

Kiritildi: 18:32, 17.08.2023.
O'qildi: 3174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.