"Lion" "Betis"ning argentinalik yarim himoyachisi Gvido Rodrigesni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganishda davom etmoqda.
L'Equipe jurnalistining yozishicha, fransuz klubi hali ham yarim himoyachi bilan shartnoma imzolash imkoniyatidan umidvor. Jurnalist Ugo Guillemetning qayd etishicha, muzokaralar jarayoni "Lion" uchun oson kechmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Gvido Rodriges 2020 yildan beri "Betis"da o‘ynab kelmoqda, u Ispaniya jamoasi safida barcha musobaqalarda 144 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan.













