Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus 2-2 Lasio
09/02 01:00 Valensiya 0-2 Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

O‘FA birinchi vise-prezidenti Navoiy viloyatida futbol borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

O‘FA birinchi vise-prezidenti Navoiy viloyatida futbol borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov boshchiligidagi O‘FA delegasiyasi viloyatdagi futbol infratuzilmasi bilan tanishish, yosh futbolchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish, viloyat futbol assosiasiyasi moddiy-texnik bazasini yaxshilash, «Qizilqum» klubi tizimida mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Navoiyda bo‘ldi.

Dastlab delegasiya a’zolari tomonidan viloyat futbol akademiyasi sharoitlari o‘rganildi. Akademiya murabbiylari va xodimlari bilan suhbat o‘tkazildi.

Murabbiylar terma jamoalarga futbolchi yetishtirishda zamonaviy ish uslubi va texnologiyalarni o‘zlashtirishi maqsadida IT markazi bilan hamkorlikda akademiyada maxsus kurs tashkil etilgan bo‘lib, unda tahsil olgan murabbiylarga sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, Navoiy shahridagi «Yoshlar» hamda «So‘g‘diyona» o‘yingohlari ham ko‘zdan kechirildi. U yerdagi muxlislar, jamoalar va ishchilarga yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

Kerakli tavsiyalar berildi. Delegasiya a’zolari Karmana tumanida yangi tashkil etilayotgan viloyat futbol maktabi infratuzilmasi bilan ham tanishdi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 20:15, 18.08.2023.
O'qildi: 1108 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.