Italiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jorjo Kyellini Luchano Spallettini "skuadradzurra"ning yangi bosh murabbiyi bo‘lgani haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, u bu ish uchun ajoyib murabbiy. Uning keyingi Yevropa chempionatida yaxshi o‘yin ko‘rsatadigan jamoa tuza olishiga shubham yo‘q. Spaletti uchun terma jamoa bilan ishlash uning butun faoliyatidagi shon-shuhratdir", - deydi Kyellini.