Kirish Ro'yxatdan o'tish

Adams "Bornmut"ga o‘tdi

Adams "Bornmut"ga o‘tdi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Tayler Adams juma kuni "Bornmut" bilan shartnoma imzoladi. Jurnalist Fabrisio Romanoning fikricha, amerikalikni allaqachon "Bornmut"ga yangi kelgan futbolchi deb hisoblash mumkin.

Eslatib o‘tamiz, "Bornmut" Adamsni "Lids"dan 20 million yevrodan ortiq tovon puli evaziga sotib olgan. Tayler "giloslar" bilan besh yillik shartnoma imzoladi.

Bir necha kun oldin Londonning "Chelsi" klubi Adamsning tovon pulini to‘lab, sotib olishga rozi bo‘ldi. Amerikalik futbolchi allaqachon "Stemford Brij"da tibbiy ko‘rikdan o‘tgan edi, ammo "ko‘klar" so‘nggi daqiqada o‘z fikrini o‘zgartirib, kelishuvni bekor qilishdi.

Kiritildi: 12:02, 19.08.2023.
O'qildi: 815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.