"Yuventus"ning sobiq yarim himoyachisi Ilyos Zeytullayev 2001 yilda Italiya klubiga qanday o‘tganini esladi.
“Avval Bordoni ko‘rgani bordim. 1999 yil edi. Men mashg‘ulot o‘tkazdim, o‘sha paytda klublar muzokara olib borishayotgan edi. U yer menga juda yoqdi. Yosh futbolchi uchun ajoyib sharoitlar yaratilgan. Ikkinchi jamoa bilan ishladim, birinchisi chempionatda peshqadam edi. Keyin birinchi marta xorij klubida qolmoqchi ekanligimni angladim. Futbol saviyasi butunlay boshqacha ekanini his qildim. Menga futbolchilar, ularning ishga munosabati yoqdi. Ammo klublar bir-birlari bilan kelisha olishmadi. Va ular meni “Feyenoord”ga yuborishdi. Igor Korneev bizni kutib oldi, jamoaga olib keldi, biz yana mashg‘ulotlarni boshladik. Keyin esa "Yuventus" bilan variant paydo bo‘ldi", deya Zeytullayevning so‘zlarini keltiradi RB Sport.
Shuningdek, u "Yuventus"dagi mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihatlari haqida gapirdi.
"Ayni paytda hamma narsa ahamiyatsiz bo‘lib qoldi. Men faqat keyingi mashg‘ulotni qanday o‘tkazish haqida o‘ylardim. Hamma narsa yangi edi. Butunlay boshqacha yondashuv, ish uslubi. Yoshlar murabbiyimiz Gasperini edi. Men ilgari hech qachon bunday narsalarni boshdan kechirmaganimni tezda angladim. Har kuni atmosferadan zavqlandim", — deya qo‘shimcha qildi Zeytullayev.
Zeytullayev 2001 yilda “Yuventus”ga o‘tgan va klub safida ikkita o‘yinda maydonga tushgan. Italiyada “Rejina”, “Jenoa”, “Verona”, “Peskara” va “Torino” klublarida ham o‘ynagan.