Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Maksim Shatskix: «Jamoamiz irodali ekanligini bir necha marotaba isbotladik»

Maksim Shatskix: «Jamoamiz irodali ekanligini bir necha marotaba isbotladik»

Baho:
+ | -

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim Shatskix Superliganing 17-turi doirasida "Metallurg"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"O‘yinni to‘liq nazorat qildik. Masalani birinchi bo‘limdayoq hal qilishimiz kerak edi. Raqib katta kuch bilan himoyalanishini va qarshi hujumda o‘ynashini bilardik. Shu sababli darvozamiz oldida ham yarim vaziyatlar paydo bo‘ldi. Yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz kerak edi.

Superligada daraja ancha baland. Istalgan raqib bilan bahs og‘ir o‘tyapti. To‘g‘ri, kam gol urilyapti va bu muxlislarga yoqmasligi mumkin. Biroq so‘nggi soniyagacha intriga saqlanib turibdi. Ammo bu biz murabbiylar uchun yoqimli holat emas. Bugun ishonchli o‘yin namoyish etdik. Hozir tomoshabop o‘yindan 3 ochko muhimroq. Ayni damda so‘nggi uzatmada muammolar bor.

Yig‘inlardan so‘ng chempionat bahslariga kirishib ketish qiyin bo‘ladi. O‘rtoqlik va rasmiy o‘yinning farqi bor. Asosiysi qanday mag‘lubiyatga uchraganingizni tushunib olishingiz muhim. Ha, kutganimizdek start ololmadik. Biroq "Paxtakor" - chempion. Jamoamiz irodali ekanligini bir necha marotaba isbotladik. Hozir hammasi o‘zimizga bog‘liq. Yigitlarda mahorat yetarli", — dedi Maksim Shatskix.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:59, 19.08.2023.
O'qildi: 2072 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик