"Chelsi" o‘z muammosiga yechim izlamoqda. Xabarlarga ko‘ra, London klubi hujumchi Romeo Lukakuni qanday bo‘lmasin kuzgacha sotishni niyat qilgan. Belgiyalikka "Yuventus" qiziqish bildirgan edi. Ammo hozir bu ish amalga oshmasligi aniq bo‘lgan.
"Al-Hilol" esa Aleksandr Mitrovichni sotib oldi va endi u yerda ham Lukakuga joy yo‘q. Ayni damda 30 yoshli hujumchiga "Roma" va "Milan" da’vogarlik qilishi aytilmoqda. "Vest Xem" ham Lukaku vaziyatini jiddiy kuzatmoqda.