Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Noa Okafor: «Mag‘lubiyatni jinim suymaydi sira...»

Noa Okafor: «Mag‘lubiyatni jinim suymaydi sira...»

Baho:
+ | -

Yangi mavsum arafasida «Milan» tarkibi keskin yangilandi.

Harqalay, ortda qolgan 2 oy mobaynida jamoa safiga naq 8 nafar jahon darajasidagi futbolchi qo‘shildi. Yangi «rossonerlar»dan biri - Shveysariya terma jamoasining 23 yoshli umidli hujumchisi Noa Okafor. Oxirgi 3 mavsum Avstriyaning «RB Zalsburg» klubida muvaffaqiyatli to‘p surgan universal hujumchi transferiga 14 million yevro to‘landi. Tabiiyki, Okafor «A» seriyadagi debyut mavsumiga katta ishonch bilan qaramoqda. U La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida buni alohida tilga oldi.

- Noa, mana, «Milan» safiga qo‘shilganingizga 2 haftadan oshdi. Umidlar oqlanyaptimi?

- Ha, klubda ichki muhit fantastik darajada zo‘r. Umuman, jamoa ham ajoyib, murabbiy bilan darhol til topishdik. Qisqasi, bag‘oyat xursandman va kelajakka kuchli ishonch bilan qarayapman.

- Skudetto yutishga tayyormisiz?

- Albatta. Bilasizmi, g‘alabani ko‘zlamaydigan futbolchi... Bu futbolchi emas. Bizda qudratli tarkib bor, shunday ekan, darhol «A» seriya g‘olibi bo‘lishdan umidvorman. Hozirgi energiyamizni butun mavsum davomida saqlab qolsak, bas. To‘g‘ri, futbolda mag‘lubiyatdan qochishning iloji yo‘q, lekin ulardan ham tegishli saboq olish shart. Aytishim kerak, tabiatim mag‘lubiyatni ko‘tarmaydi, jinim yutqazishni suymaydi aslo.

- Ko‘plab katta klublar e’tiboriga tushgandingiz. Jumladan, «Milan»ning oldingi rahbarlari - Maldini va Massara sizga jiddiy qiziqishdi. Yakunda aynan shu variantni tanladingiz. 

- Chunki «Milan» oxirigacha harakat qildi. O‘tgan yili kuzda CHL doirasida «Milan»ga qarshi o‘ynaganimizdan buyon aloqada edik. Ha, boshqa klublardan ham aniq takliflar olganim rost, lekin bunga qadar yakuniy to‘xtamga kelib ulgurgandim. Nima uchun «Milan»? Muxlislar, «San Siro», hammasi... O‘ylaymanki, bu men uchun katta qadam.

- Onangiz shveysariyalik, otangiz esa Nigeriyadan...

- To‘g‘risi, Nigeriyaga atigi 2 marta borganman. Boz ustiga, ancha oldin. Otam 17 yoshida Germaniyaga ko‘chib kelgan, ke­yin Shveysariyaga o‘tgan. Undan ko‘p narsa o‘rgandim. Otam hamisha baxtiyor ko‘rinish, tabassum ulashish, atrofga nur sochish va maqsad sari qattiq kurashish kerakligini uqtirib keladi.

- Badaningizda «O‘z qahramoning bo‘l» yozuvli tatui­rovka bor. Buning ma’nosi nima?

- O‘ylaymanki, hayotda mustaqil insonman, har kuni nima qilishni o‘zim hal etaman. Oddiy aytganda, hayot yo‘limni mustaqil ravishda aniqlashga odatlanganman. Albatta, futbolda ham maksimal darajaga chiqmoqchiman. Ke­yingi qadamni tashlash va yanada yaxshi o‘ynash uchun esa qattiq shug‘ullanishim zarurligini teran tushunaman.

- Internetda 15-16 yoshdayoq murabbiyga xos xarakterga ega bo‘lganingiz haqida yozilgan. Bu hali ham bormi?

- Ha. Yosh futbolchi uchun muhim jihat. Axir maydonda ham, uning tashqarisida ham bosim ostida bo‘lamiz. Bunda odamlar bilan muloqotga kirishish xislati zarar qilmaydi.

- Boshqa tatuirovkalar haqida ham gapirsangiz - kimningdir surati, sher tasviri.

- Bular ukalarim sharafiga chizilgan. Har ikkisi futbolchi: biri Germaniya, ikkinchisi Shveysariyada o‘ynaydi. Shuningdek, singlim ham bor. Ukalarim uchun namuna bo‘lishim kerak, ular aynan menga o‘xshashni xohlashadi. Muhimi, o‘rtamizdagi o‘zaro munosabatlar juda yaxshi.

- Rafael Leau yana bir birodaringiz, shundaymi?

- Ha, ikkimiz egizaklarga o‘xshaymiz - ajoyib driblingga egamiz, yosh va quvnoqmiz. Rafa bilan ilk marta Shveysariya va Portugaliya termalari o‘rtasidagi o‘yindan keyin gaplashgandim, keyin CHLda yo‘llarimiz kesishdi, JCHda ham o‘zaro raqib bo‘ldik. Endi Leau bilan katta o‘yinlarda yelkama-elka to‘p surish onlarini intiq holda kutyapman.

- Intervyularingizdan birida raqiblar va tomoshabinlar irqchilik kayfiya­tida haqoratlashganidan noligandingiz. Italiyaga ko‘chib o‘tishdan oldin bu yerdagi irqchilik masalasini baholadingizmi?

- Yo‘q.

- Muzokara tafsiloti haqida ham gapirib bersangiz.

- «Milan» 9 oy oldin aloqaga chiqqandi, oxirgi haftalar esa klub vakillari bilan deyarli har kuni gaplashdik. Ular yaxshi holatda ekanligimni ko‘rishdi va hammasi tezda hal etildi. 

- «Milan»da 17-raqamni oldingiz, bunda qandaydir alohida jihati ham bormi?

- Aslida «7»ni yoqtiraman, deylik, «Zalsburg»da 77-raqam ostida o‘ynadim. Bu yerda esa «7» Adliga tegishli ekan, shuning uchun Rafaning oldingi raqami - «17»ni oldim. Asosiysi, bu o‘zimga yoqdi.

- Barcha yangi futbolchilar «Milan» tarixi haqida gapirishadi. Jamoa haqida so‘z ochilsa, avvalo, qaysi futbolchini eslaysiz?

- «Milan» - katta tarixga ega klub, tarkibida ko‘plab yulduzlar o‘ynashgan. Klub hozir ham kuchli, yosh va g‘alabalarga tashna. Savolingizga kelsak, birinchi navbatda Ronal­dinyo, Kaka va Gullitni e’tirof etishim mumkin. Hali yoshman va jamoaga yangi tarix bitishda yordam berishni xohlayman.

- Hujumchi sifatidami yoki vinger?

- Mohiyatan chap va o‘ngda ham, markazda ham o‘ynay olaman, nisbatan moslashuvchanman. Avvalo, yangi mamlakat, yangi taktika, yangi jamoaga moslashishim kerak, bu jarayonni «Zalsburg»da boshdan o‘tkazganman allaqachon. Shunday ekan, muammo yo‘q, yangi klubdoshlar va murabbiylar bilan ochiq bo‘lishga harakat qilaman.

- Menyan va Kalulu bilan «Milan» darvozasiga urgan golingiz haqida gaplashdingizmi?

- Mayk o‘sha vaziyatda menga omad kulib boqqanini aytdi. Lekin haqiqat shuki, Kaluluni dribling evaziga ortda qoldirgan va xohlaganimni qilgandim. Muhokamaga o‘rin yo‘q. Qolaversa, gol o‘z nomi bilan gol!

- Mayk o‘sha vaziyatda menga omad kulib boqqanini aytdi. Lekin haqiqat shuki, Kaluluni dribling evaziga ortda qoldirgan va xohlaganimni qilgandim. Muhokamaga o‘rin yo‘q. Qolaversa, gol o‘z nomi bilan gol!

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 11:07, 21.08.2023.
O'qildi: 1188 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.