Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Torino 1-0 Empoli
16/03 01:00 Jirona 1-1 Valensiya
16/03 16:30 Venetsiya 0-0 Napoli
16/03 17:45 Surxon 0-2 Xorazm
16/03 18:00 Leganes 2-3 Betis
16/03 18:30 Arsenal 1-0 Chelsi
16/03 18:30 Fulhem 2-0 Tottenhem
16/03 19:00 Bolonya 5-0 Lasio
16/03 19:30 So‘g‘diyona 2-3 Navbahor
16/03 20:00 Roma 1-0 Kalyari
16/03 20:00 OKMK 2-0 Paxtakor
16/03 20:15 Sevilya 0-1 Atletik Bilbao
16/03 22:00 Fiorentina 3-0 Yuventus
16/03 22:30 Rayo Valyekano 2-2 Real Sosyedad
16/03 22:30 Osasuna 1-2 Xetafe
17/03 00:00 Lester 0-3 Man. Yunayted
17/03 00:45 Atalanta 0-2 Inter
17/03 01:00 Atletiko 2-4 Barselona

«Navbahor»ning ertangi raqibi «Al-Vakra» haqida

«Navbahor»ning ertangi raqibi «Al-Vakra» haqida

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «Navbahor» Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bahsi doirasidan o‘rin olgan bahsda safarda Qatarning “Al-Vakra” klubiga qarshi maydonga tushadi.

An’anaga muvofiq, bo‘lajak raqibimiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Al-Vakra” mazkur nom bilan ataluvchi shahar sharafini himoya qiladi va jamoa 1959 yili tashkil topgan.

“Al-Vakra” o‘tgan mavsumlar davomida Qatar quyi ligasining 2 karra g‘olibi (1985, 2019 yillar), 2 karra Qatar chempioni (1998/1999 yillar mavsumi, 2000/2001 yillar mavsumi), Qatar shahzodasi kubogi sohibi (1999 yil) hamda finalchisi (1996 yil), shayx Yassim kubogining 4 karra sohibi (1989, 1991,1998, 2004 yillar) va finalchisi (2003 yil) hamda Qatar ligasi kubogi sohibi (2011 yil) hisoblanadi.

“Al-Vakra”ni shuningdek, “Yashil to‘lqin” deb ham atashadi.

Bo‘lajak raqibimiz o‘tgan mavsumda Qatar Yulduzlar Ligasida 12 jamoa orasida 4-o‘rinni egallab, OCHL “pley-off” yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

“Al-Vakra”ni 2018 yildan buyon ispaniyalik 61 yoshli mutaxassis Tintin Markes Lopes boshqarmoqda. Jamoa sardori esa jazoirlik 33 yoshli hujumchi Muhammad Benyattu.

Ayni paytda “Al-Vakra” tarkibida 7 nafar legioner to‘p tepmoqda. Bular: himoyachilar - Trent Lukas Seynsberi (Avstraliya, 31 yosh), Lukas Mishel Mendes (Braziliya, 33 yosh), yarim himoyachilar – Hamdi Fathi (Misr, 28 yosh), Asad Al Omar (Iordaniya, 20 yosh), Ayub Assal (Marokash, 21 yosh), hujumchilar – Muhammad Benyattu (Jazoir, 33 yosh) va Dala Jasintu (Angola, 27 yosh).

Bo‘lajak raqibimiz o‘z uy uchrashuvlarini o‘tgan mavsumdan boshlab, o‘tgan yili Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 uchun qurilgan, o‘tgan yilgi mundialning guruh bahslari va 1/8 final doirasidagi bitta o‘yin o‘tkazilgan, 40000  (qirq ming) nafar muxlisga mo‘ljallangan “Al-janub” stadionida o‘tkazmoqda. Ertangi o‘yin ham mazkur o‘yingohda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, “Al-Vakra” – “Navbahor” bellashuvi 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:30, 21.08.2023.
O'qildi: 3137 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz