Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi 4-3 Brayton
30/08 18:00 Lids 1-1 Brentford
30/08 18:00 Sanderlend 1-0 Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Mirjalol Qosimov: «Maqsad — guruh bosqichiga chiqish!»

Mirjalol Qosimov: «Maqsad — guruh bosqichiga chiqish!»

Baho:
+ | -

OCHL pley-off bosqichi doirasidagi «Al-Arabiy» — OKMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Sanjar Tursunov qatnashdi.

O‘yin haqida.

Mirjalol Qosimov: — Avvalambor barchaga Assalomu alaykum! Ertaga bizni judayam qiziqarli o‘yin kutmoqda. Ikkala jamoada ham guruh bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Bu yerga yaxshi niyatda kelganmiz. Maqsadimiz guruh bosqichiga chiqish.

Sanjar Tursunovga savol. — Ertangi bahs uchun jamoa qanday tayyorgarlik ko‘rdi? Bo‘lajak o‘yin haqida fikringiz?

— Assalomu alaykum! Biz barchasini tushunib turibmiz, bu o‘yin juda muhim bahs hisoblanadi. G‘olib esa guruh yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi. Barcha futbolchilar nomidan aytishim mumkin, biz ertangi o‘yinga tayyormiz.

— «Al-Arabiy» klubi haqida qanday ma’lumotlarga egasiz va ertangi o‘yindan nimalarni kutmoqdasiz?

Mirjalol Qosimov: — «Al-Arabiy» shakllangan jamoa hisoblanadi. Tarkibda kuchli legionerlar harakat qiladi. Qolaversa, to‘p bilan muomalada jamoaviy o‘yin namoyish etib ko‘proq hujumga e’tibor qaratadi.

— Tarkibda diskvalifikasiya sabab Martin Boakening yo‘qligi jamoa o‘yiniga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Mirjalol Qosimov: — Futbol jamoaviy o‘yin. Unda albatta bu kabi vaziyatlar uchrab turadi. Jamoamizda bir-birini o‘rnini to‘ldiradigan o‘yinchilarimiz yetarli.

— Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan stadiondan taassurotlaringiz qanday?

Mirjalol Qosimov: — Taassurotlarimizni ertangi o‘yindan keyin aytamiz. Albatta, Jahon chempionati bo‘lib o‘tgan stadionda o‘ynash futbolchilar uchun yoqimli.

Sanjar Tursunov: — Qatar mamlakatini Jahon chempionati o‘tkazilmasidan oldin ham yaxshi ko‘rar edim. Musobaqa o‘tkazilganidan keyingi muhitdan so‘ng taassurotlar ijobiy.

— «Al-Arabiy» futbol klubini mag‘lubiyatga uchratib musobaqadan chiqarib yuborishni maqsad qilganmisiz? Xuddiki, «Al-G‘arafa»ni shunday qilganingiz singari.

Mirjalol Qosimov: — Maqsad — guruh bosqichiga chiqish!

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 06:06, 22.08.2023.
O'qildi: 2785 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик