Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche

«Manchester Siti» yarim himoyachisi La Ligaga o‘tishga yaqin

«Manchester Siti» yarim himoyachisi La Ligaga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Maksimo Perrone yaqin orada Ispaniyaning «Las-Palmas» klubiga o‘tishi kerak.

Jurnalist Fabrisio Romano xabariga ko‘ra, 20 yoshli argentinalik joriy mavsumni ijara asosida «Las-Palmas»da o‘tkazadi.

Ma’lum qilinishicha, shartnomada sotib olish varianti mavjud emas, chunki «shaharliklar» kelajakda Perronga umid bog‘lashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yarim himoyachi o‘tgan qishda «Manchester Siti» tarkibiga kelib qo‘shilgandi. Bu vaqt ichida Perrone gol urmagan bor-yo‘g‘i ikkita uchrashuvda maydonga tushdi.

Futbolchining ingliz giganti bilan shartnomasi 2028 yilgacha hisoblangan. Perronening narxi 10 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 20:04, 22.08.2023.
O'qildi: 2109 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик