"Paxtakor" bosh direktori Dmitriy Adismanning aytishicha, vinger Abbosbek Fayzullayevning SSKAga o‘tishi bo‘yicha kelishuvning moliyaviy tomoni yopilgan.
"Harbiylar" 19 yoshli hamyurtimiz bilan 2025/26 yilgi mavsum oxirigacha uzaytirish opsiyasi bilan shartnoma imzoladi.
"Paxtakor" va SSKA o‘rtasidagi shartnomada futbolchining o‘zi shartnomani to‘lashi va mustaqil ravishda klubimiz kassasiga 500 000 yevro o‘tkazishi ko‘rsatilgan. Hozir hech qanday muammo yo‘q, Abbosbek o‘z transferi uchun to‘liq pul to‘ladi, SSKA bilan hamkorlikni davom ettirmoqdamiz. Hech qanday muammo yo‘q, Fayzullayev va SSKAga hech qanday savolimiz yo‘q", — dedi Adisman "Sport24" muxbiri bilan suhbatda.