Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

"Manchester Yunayted"ning "dardiga davo"

"Manchester Yunayted"ning "dardiga davo"

Baho:
+ | -

Yozgi transferlar oynasi "MYU" uchun omadli kechgandek edi. Biroq, mavsum boshlanganiga ikki hafta bo‘lgach, hammasi ham joyida emasligi ma’lum bo‘ldi. Erik ten Xag o‘zining ilk mavsumida jamoa bilan uslubiyat va pragmatizmni birlashtirdi. U "Manchester Yunayted"ni YECHLga qaytargan holda, 2017 yildan keyin ilk titulni qo‘lga kiritdi. Yoz davomida zaif nuqtalar uchun futbolchi olinishi kerak edi. Shu maqsadda Meyson Maunt xaridi amalga oshirildi. Andre Onana esa David De Xeaning bo‘shab qolgan o‘rnini egalladi. Bu yetarli emasdi. Jamoaning yuragi bo‘lmish yarim himoyada muammolar qalqib chiqdi. Fred sotib yuborildi. Maunt esa ikki o‘yinda o‘zini ko‘rsata olmay, oxir-oqibat jarohat oldi. Bu narsa o‘z navbatida, Erik ten Xagni ilojsiz holatga soldi. Quyida bu muammoga yechimlar izlab ko‘ramiz.

Maktomineyni ishga solish

Shotlandiyalik yarim himoyachi kerakli vaqtda jamoaga foydali bo‘la olishini ko‘rsatgan edi. Biroq Maktominey o‘yinida cheklovlar mavjud. Shu sabab u ham Fred kabi ketishi kerak degan fikr ko‘p yangramoqda. Balki shunday ham bo‘lar. Biroq, ten Xag transferlar oynasi yopilishidan ilgari uni maydonga tushirib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kazemiro ayni damda sherikka muhtoj va Maktomineyga bu borada suyanish lozim.

Kristian Eriksen

Ideal variant emas. Negaki, shu kunlarda daniyalik o‘z darajasidan ancha pastda qolgan. Ha, Eriksen o‘tgan mavsumda tayanch nuqtasini yaxshi yopgandi. Ammo, hatto eng yaxshi formada ekanida ham, Eriksen bir soatdan keyin charchab qolardi. Shu sabab ten Xag undan bir taym maksimal ravishda foydalanishi mumkin. Pleymeykerlik bobida bir paytlar tengi yo‘q bo‘lgan Eriksen, bugun Kazemiro bilan himoyaga yordam berishi kerak.

To‘rt yarim himoyachi va umid

Ayni damda "MYU" ixtiyorida foydalanish mumkin bo‘lgan to‘rt yarim himoyachi mavjud. Ularning barchasini bir vaqtda maydonga tushirish biroz tavakkal ish bo‘ladi. Shunga qaramay, bu yo‘l raqib ustidan nazorat qilishning yagona uslubidir. Bu mavsumda "MYU"da shu narsa yetishmayotgan edi. Brunu Fernandeshdan o‘ng qanot vingeri sifatida foydalangan holda, Kazemiro, Eriksen va Maktominey triosiga raqib hujumlarini erta bartaraf etish vazifasi yuklanadi. To‘pni raqibdan maydon markazida yutib olish, qarshi jamoa himoyasida tartibsizliklar keltirib chiqarishda asqotadi. Shunday qilib, to‘pni tezroq olib qo‘yish uchun to‘rt himoyachi bilan o‘ynash foydali bo‘ladi. Xarholda, shunga umid qilamiz.

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 17:23, 26.08.2023.
O'qildi: 4209 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик