Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 00:00 Portugaliya 0-0 Sloveniya
02/07 06:00 AQSh 0-1 Urugvay
02/07 06:00 Boliviya 1-3 Panama
02/07 21:00 Ruminiya 0-3 Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya 1-2 Turkiya
03/07 06:00 Braziliya - Kolumbiya
03/07 06:00 Kosta-Rika - Paragvay

Saudiyaga yo‘l oladigan Saloh, ketish uchun maoshini pasaytirishga tayyor Lukaku — kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Saudiyaga yo‘l oladigan Saloh, ketish uchun maoshini pasaytirishga tayyor Lukaku — kechaning eng muhim transfer yangiliklari

Baho:
+ | -

27 avgust kun transfer olamida paydo bo‘lgan eng muhim yangiliklar dayjesti bilan tanishing.

Saloh ham "Al-Ittihod" futbolchisiga aylanadimi?

Premyer-liga yana bir yulduz futbolchisini yo‘qotishi mumkin. Ko‘rinishidan, Muhammad Saloh juda qat’iy va Saudiya Arabistoniga borishni istayapti. “Al-Ittihod” futbolchiga yuqori maosh va musulmon davlatida o‘ynash imkoniyatini taklif qilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, Muhammad "Nyukasl"ga qarshi APL doirasidagi o‘yindan so‘ng Saudiya klubiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jo‘nab ketadi. Saloh allaqachon ingliz klubini Saudiya Arabistoniga ketish istagini bildirgan. Karim Benzema, N'Golo Kante va Fabinyo allaqachon "Al-Ittihod"da o‘ynashayotganini eslab o‘tishimiz mumkin. Saloh 2017 yildan buyon “Liverpul”da o‘ynab kelmoqda va 2019 yilda jamoa bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

"Vest Xem" "Ayaks" iqtidorini sotib oldi

"Vest Xem" "Ayaks"dan joriy yozning o‘zida ikkinchi futbolchini sotib oldi. Avvaliga London klubi yarim himoyachi Edson Alvaresni, endi esa hujumkor futbolchi Muhammad Kudusni sotib oldi. Ganalik futbolchiga 43 million yevro to‘langan va bu transferdan so‘ng u doim Angliyada o‘ynashni orzu qilganini aytdi. Kudus joriy mavsumni ajoyib boshladi (uchta o‘yinda to‘rtta gol) va o‘tgan mavsumda 42ta o‘yinda 18ta gol urdi. Muhammad markaziy hujumchi sifatida ham, qanot vingeri sifatida ham o‘ynay oladi. Yana "o‘nlik" o‘rnida harakat qilishi mumkin. Uning London klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Lukaku "Roma"ga o‘tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor

“Roma” va “Chelsi” jamoalari hujumchi Romelu Lukaku bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning yozishicha, belgiyalik futbolchi maoshini kamaytirishga rozi. Hozir Lukaku 11 million yevro maosh oladi, yangi jamoasida esa 7,5 million yevro maosh olishi mumkin. Buni klublar kelishib olishi kerak. "Roma" ijara uchun 5 million yevro taklif qildi, ammo "Chelsi" biroz ko‘proq summa xohlaydi. Lukaku o‘tgan mavsumni "Inter"da ijara asosida o‘tkazdi (37 o‘yin, 14 gol, 7 golli uzatma). Romelu Italiyaga qaytib, tajovuzkor Joze Mourinyo qo‘l ostida o‘ynashi kutilmoqda. “Roma”ga esa hozir yangi futbolchilar kerak, chunki jamoa yangi mavsumni yomon boshladi (ikki turdan keyin bir ochko).

"Arsenal" himoyachisi "Real Sosyedad"ga o‘tdi

Himoyachi Kiran Tirni o‘zini Ispaniyada sinab ko‘rish uchun "Arsenal"ni tark etdi. "Real Sosyedad" 26 yoshli futbolchini joriy mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Joriy mavsumda Tirni Angliya Superkubogi bahsida 14 daqiqa harakat qildi. O‘ o‘tgan mavsumda 36 marta maydonga tushdi va "gol+pas" tizimida 3 (1+2) ochko to‘pladi. Londonga ko‘chib o‘tishdan oldin (bu 2019 yilning yozida edi) Tirni "Seltik"da o‘ynagan va u bilan besh karra Shotlandiya chempioni bo‘lgan. "Real Sosyedad" Chempionlar ligasi guruh bosqichi starti uchun tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Sheffild" yoshlar o‘rtasida Yevropa g‘olibi uchun 21 million yevro to‘laydi

"Sheffild" "Aston Villa"ning yosh (21) hujumchisi Kemeron Archerni 21,55 million yevroga transfer qildi. Hujumchi Angliya yoshlar terma jamoasida ajoyib statistikaga ega - 11 uchrashuvda 6 ta gol. 2023 yilning yozida Archer U21 Yevropa chempionatining oltin medalini qo‘lga kiritdi va turnirning o‘zida u beshta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi. Yigit atigi 14 marta "Aston Villa" asosiy jamoasi tarkibida maydonga tushgan, ammo u muntazam ravishda yoshlar jamoasida o‘ynagan. Archer o‘tgan mavsumda Premyer-ligada atigi 10 ta o‘yin o‘tkazdi. Endi u bu ko‘rsatkichni sezilarli darajada yaxshilash imkoniyatiga ega.

"Bayer" Chempionshipda yangi hujumchi topdi

Qanot hujumchisi Neytan Tella o‘tgan mavsumni "Byornli"da o‘tkazdi. U Vensan Kompani boshchiligida ancha sermahsul ko‘rindi - chempionatning 39 ta o‘yinida 17 ta gol. Biroq Tella jamoa Premyer-ligaga chiqqanidan keyin “Byornli”ni tark etdi. Gap shundaki, uning ijara muddati tugagan va futbolchi transferiga bo‘lgan huquqlar "Sautgempton"ga tegishli edi. 24 yoshli vinger joriy mavsum Angliya ikkinchi divizionida 3 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi. Endi Neytan Germaniyada o‘zini sinab ko‘rishi mumkin - uni "Bayer" sotib olmoqchi. Avvalroq futbolchi faqat ingliz klublarida o‘ynagan.

"Manchester Yunayted" o‘z darvozabonini "Kristal Pelas"ga sotadi

Darvozabon Din Xenderson "Manchester Yunayted"ning barcha yoshlar jamoasidan o‘tgan. Biroq u hech qachon asosiy tarkibda to‘laqonli o‘yinchiga aylanmagan. Avvaliga David de Xea bunga xalaqit bergan bo‘lsa, endi mankunianliklar "Inter"dan munosib pul evaziga sotib olingan Andre Onanaga tayanishmoqda. Xenderson muntazam ravishda ijaraga berildi va endi u "Kristal Pelas"ning to‘laqonli darvozaboni bo‘ladi. Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar 26 yoshli darvozabonning transferi bo‘yicha allaqachon kelishib olishgan va “Manchester Yunayted” bu kelishuvdan 23,4 million yevro ishlab oladi. Top-klub keyingi sotuvining ma’lum foizidan ham pul ishlab oladi.

Kiritildi: 06:18, 28.08.2023.
O'qildi: 6885 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.