Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/01 01:00 Vilyarreal 1-2 Ayaks
21/01 01:00 Tottenhem 2-0 Borussiya D
21/01 01:00 Sporting 2-1 PSJ
21/01 01:00 Real Madrid 6-1 Monako
21/01 01:00 Olimpiakos 2-0 Bayer
21/01 01:00 Inter 1-3 Arsenal
21/01 01:00 Kopengagen 1-1 Napoli
21/01 22:45 Qorabog‘ 3-2 Ayntraxt F
21/01 22:45 Galatasaroy 1-1 Atletiko
22/01 01:00 Bavariya 2-0 Yunion
22/01 01:00 Marsel 0-3 Liverpul
22/01 01:00 Nyukasl 3-0 PSV
22/01 01:00 Slaviya 2-4 Barselona
22/01 01:00 Chelsi 1-0 Pafos
22/01 01:00 Yuventus 2-0 Benfika
22/01 01:00 Atalanta 2-3 Atletik Bilbao

Pochettinoning yodidan chiqqan shogirdlari kimlar edi?

Pochettinoning yodidan chiqqan shogirdlari kimlar edi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

«Chelsi» Todd Boeli qo‘l ostidagi transferlar uchun deyarli bir milliard yevro sarfladi. Futbolchilar shunchalik ko‘pki, hatto murabbiy Maurisio Pochettino ham ularning hammasini eslay olmaydi.

«Luton»ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida nima bo‘lganini hamma ko‘rdi. Jurnalist va Pochettino o‘rtasidagi dialog:

«Men sizdan Lukaku hozir qayerdaligini so‘ramayman. Qayergadir g‘oyib bo‘lgan ikki futbolchi haqida so‘ramoqchiman. O‘tgan mavsumda ijarada bo‘lgan Malang Sarr...

- Kim?

- Malang Sarr. «Reksem»ga qarshi birinchi mavsumoldi o‘yinida o‘ynagan Jeymi Kammingga nima bo‘ldi? Bu darvozabon.

- «Ey Xudoyim. Malang Sarr?... Jeymi? Sizga nima deyishni bilmayman. Siz meni hayratda qoldirdingiz. Bu yuzga musht urgandek ko‘rinadi. Biz «Luton» haqida gaplashayotgan edik. Bu qiyin savol. Men bunga tayyor emas edim.

Pochettino uchun eslatma.

• Sarr - «Chelsi» muxlislari uchun yaxshi tanish bo‘lgan futbolchi. U uch yil oldin «Nissa»dan Londonga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tdi, shundan so‘ng darhol «Portu»ga jo‘nab ketdi (ijara 2 million yevroga tushdi!), «Chelsi» safida atigi 21 o‘yin o‘tkazdi. Ko‘pchilik - Tomas Tuxel qo‘l ostida uni yaxshi eslab qolgan. «Sarrning jamoadagi o‘rnini qadrlayman. Agar kerak bo‘lsa, Malang maydonga tushadi va bu ishonchni oqlaydi: o‘yinchi va shaxs sifatida uni hurmat qilaman», - degandi Tomas.

Malang markaziy himoyachi, ammo qanotda ham o‘ynay oladi. U o‘tgan mavsumni «Monako»da ijara asosida o‘tkazdi, ammo hech narsa bilan esda qolmadi. The Times nashrining yozishicha, 24 yoshli fransiyalik futbolchiga turnir jadvalining quyi qismidagi Angliyaning bir qancha klublari qiziqish bildirmoqda.

• «Chelsi» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kamming – darvozabon. U 23 yoshida hali asosiy jamoadagi debyutini o‘tkazmagan edi, ammo «Stiveneydj» (to‘rtinchi divizion, Angliya), «Djillingem» (uchinchi divizion) va «MK Dons» (uchinchi divizion) jamoalariga o‘tdi. Shundan so‘ng «Djillingem» ham «MK Dons» ham Kamming bilan to‘rtinchi divizionga tushib ketishdi. To‘g‘ri, «MK Dons»da Kamming yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kamming hozirda «Chelsi» yoshlar jamoasida o‘ynamoqda.

Kiritildi: 17:27, 29.08.2023.
O'qildi: 2989 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.