Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/04 00:30 Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 1-3 Andijon
24/04 23:45 Napoli 4-0 Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta

8 yil avval xuddi shu kunda «Manchester Siti» De Bryuyne bilan shartnoma imzolagan edi

8 yil avval xuddi shu kunda «Manchester Siti» De Bryuyne bilan shartnoma imzolagan edi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» 2015 yilning shu kunida «Volfsburg»dan belgiyalik futbolchi Kevin De Bryuyneni sotib olgan edi.

«Siti» o‘sha vaqtdan beri erishgan yutuqlarining markazida aynan Kevin bo‘ldi. «Siti» 54 million funt sterling atrofida summa to‘lagan va bu o‘sha paytdagi rekord darajadagi to‘lov edi. Premyer-ligaga KDB Germaniyada yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni bilan kelgan. 24 yoshli futbolchi dastlab olti yillik shartnoma imzoladi.

Gentning Drongen tumanida tug‘ilgan De Bryuyne o‘zining professional faoliyatini «Genk»da boshlagan va 2010-11 yillarda Belgiya chempioni bo‘lgan, «Chelsi» 2012 yil yanvar oyida uning xizmatlariga 6,7 million funt sterling sarmoya kiritgan. So‘ng u «Verder Bremen»ga ijaraga berilgan.

Yarim himoyachi nihoyat 2013 yil avgust oyida Premyer-ligada «Xall» ustidan qozonilgan g‘alabada (2:0) «ko‘klar» safida debyut qildi va Oskarning goliga assistentlik qildi. Biroq, bu klub uchun u to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi va keyingi yilning yanvar oyida «Volfsburg»ga sotildi. Bundesligaga 18 million funt sterlingga ketishidan oldin «Chelsi»ning o‘sha paytdagi bosh murabbiyi Joze Mourinyo shunday degan edi: «Biz bilamizki, Kevin «Chelsi»dagi qiyin hayotga moslasha olmadi».

Agar ingliz futboli belgiyalik uchun katta sinov bo‘lgan bo‘lsa, u endi Germaniyada o‘z yo‘lini topdi va keyinchalik «Etihad» stadionida eng istiqbolli iste’dodlardan biri sifatida Premyer-ligaga qaytdi. O‘shanda u shunday degan edi: «Men faqat g‘alaba qozonishni xohlayman. «Volfsburg»da ikkita kubokni qo‘lga kiritdim va shunchaki g‘alaba qozonishda davom etishni xohlayman va o‘ylaymanki, ko‘plab sifatli o‘yinchilarga ega jamoa bilan unvonlarni yutish uchun yaxshi imkoniyat bor», – degandi KDB. Bu kamtarlik uni keyingi faoliyatida ham tark etmadi.

2015 yil 12 sentyabrda «Kristal Pelas»ga qarshi bahs (1:0) zaxiradan maydonga tushgan Kevin uchun debyut edi. De Bryuyne bir marta Chempionlar Ligasi, besh marta Premyer-liga chempionligi, ikki marta Angliya kubogi va Liga kubogida g‘alaba qozondi.

Ikki marta mamlakat tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, shuningdek, u Belgiya terma jamoasi uchun 99 marta maydonga tushgan va 26 ta gol urgan.

Kiritildi: 10:56, 30.08.2023.
O'qildi: 1114 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик