Kirish Ro'yxatdan o'tish

La Liganing boshqa klubi "Barselona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

La Liganing boshqa klubi "Barselona" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Barselona" markaziy himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya La Ligasi klublaridan birining nishoniga tushdi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" himoyachisi bilan "Jirona" shartnoma imzolashga tayyor.

Shu bilan birga, manbaning xabar berishicha, “Barselona” bosh murabbiyi Xavi Ernandes Erikning ketishiga hozircha to‘sqinlik qilmoqda, chunki u futbolchini jamoada olib qolmoqchi. Garsiyaning o‘zi ham avvalroq "Barselona"ni tark etishni istamagandi. Ispaniyalik futbolchi asosiy tarkibdan joy uchun kurashni davom ettirish niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Garsiya himoya markazidan tashqari tayanch yarim himoya zonasida ham o‘ynay oladi.

Kiritildi: 13:50, 30.08.2023.
O'qildi: 1385 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик