Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Borussiya Dortmund" Angliyadan himoyachi olmoqda

"Borussiya Dortmund" Angliyadan himoyachi olmoqda

Baho:
+ | -

Armel Bella-Kochap Dortmundning "Borussiya"siga o‘tishga yaqin turibdi.

Jurnalist Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, "Sautgempton" himoyachisi bu transferga og‘zaki rozi bo‘lgan.

Bella-Kochap sotib olish imkoniyati bilan Dortmundning "Borussiya"siga ijaraga berilishi kutilmoqda. "Sautgempton" va "Borussiya" transfer tafsilotlarini muhokama qilishmoqda.

Himoyachini Benjamin Pavarga o‘rinbosar sifatida ko‘rib kelayotgan "Bavariya" asosiy etiborini Trevo Chalobani sotib olishga qaratadi.

2022/23 yilgi mavsumda Bella Kochap Premyer-liganing 24 ta uchrashuvida ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 04:59, 31.08.2023.
O'qildi: 707 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.