Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Vitaliy Levchenko: "Chempionlik uchun kurash hali davom etadi"

Vitaliy Levchenko: "Chempionlik uchun kurash hali davom etadi"

Baho:
+ | -

Superliga 18-turidan o‘rin olgan “Neftchi” – “Andijon” (0:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Bellashuv ancha murakkab kechdi. Golli vaziyatlarni etarlicha tashkil qildik. Lekin yakunlashda aniqlik yetishmadi. Yana ayrim paytlarda raqib posboni yaxshi harakat qildi. To‘g‘risi, ko‘p vaziyatlarni yaratdik. Oxirgi nuqtani qo‘ya olmadik. Shu sababli ko‘p gapirishni istamayman.

Faqat Adhamzoda bilan o‘yinni tashkil qildik, desam noto‘g‘ri bo‘ladi. Hamma teng harakat qildi. Qanotlardan yaxshi hujumlar tashkil qildik. Ammo yakuniy natijani hosil qilishda aniqlik bo‘lmadi.

Nikabadzening o‘yini? Qani, o‘ylab ko‘ring-chi, qaysi hujumchi har bir o‘yinda gol uryapti? Masalan, bugun Hebay gol urdimi? Siz aytayotgan legionerga ham vaqt kerak. U ham sehrgar emas, men ham sehrgar emasman. Nikabadze gol uradi, faqat ozgina vaqt kerak. Futbolchiga moslashuv jarayoni kerak. Busiz qiyin. Moslashib olganidan keyin jamoaga yordam beradi. Ha, biz yutishni xohlaymiz. Lekin bu oson ish emas. Qani, ayting-chi, Tabatadze “Navbahor”da gol uryaptimi? Urolmayapti. Unga ham moslashish uchun vaqt kerak. Bu har qanday o‘yinchi uchun muhim. Ammo natija ham bizga muhim.

“Andijon”ga katta bosim uyushtirdik. Siz o‘sha vaziyatlarni ko‘rdingizmi? Ularning o‘yinini yaxshilab kuzatdingizmi? Birinchi raqam bo‘lib o‘ynashmadi. Himoyalanishdi va keyin hujumga o‘tishdi. Har xil taktikalar bor. Ularni o‘yin davomida doim ham qo‘llashni imkoni yo‘q. Vaziyatga qarab o‘yinchilar joy tanlashadi. Taktika-taktika deysiz? Qarang, “Neftchi” “Andijon”ga qanday bosim uyushtirdi? Shuncha bosim bo‘lsa-da, raqib darvozaboni Litovka qancha seyvlar bilan jamoasini gollardan qutqatib qoldi? Har qancha taktika qilsangiz ham agar raqib yaxshi himoyalansa baribir qiyin bo‘ladi. Futbolda taktikadan boshqa holatlar ham bor.

Hali hammasi oldinda. “Navbahor” chempionlik uchun kurashyapti. “Neftchi” ham chempionlik uchun intilyapti. Shuningdek, “Nasaf” va OKMK ham. Qarang, “Paxtakor” ikkita o‘yinni yutqazsa va “Neftchi” ikkita uchrashuvni yutsa barchasi o‘z o‘rniga tushadi. Futbolda biror nima deb bo‘lmaydi, har xil holatlar yuz berishi mumkin. Chempionlar ligasida 4 ta jamoa qatnashadi. Bu esa har qanday klubga o‘ziga xos bosim yuklaydi. Bizning jamoaga OCHL va ichki chempionatda o‘ynash qiyinchilik tug‘dirmaydi, deb o‘ylaysizmi? Chempionlik uchun kurash tugadi, deb o‘ylasangiz xato qilasiz. Barchasi oldinda. Syurprizlar bo‘lishi mumkin.Eng asosiysi, qo‘lni tushirmaslik va oldinga intilish.

FIFA kunlarida uchta nazorat uchrashuvini rejalashtirganmiz. Bugungi kunda raqiblar bilan muzokaralar olib boryapmiz. 5 sentyabrdan tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. O‘ylaymanki, chempionatimizdagi tanaffus paytida keyingi o‘yinlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘ramiz”, – dedi Levchenko.

Manba: PFL.UZ
Kiritildi: 04:47, 01.09.2023.
O'qildi: 1145 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.