Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Internasional terma jamoa

Internasional terma jamoa

Baho:
+ | -

Yevro-2024 saralash bosqichini Turkiyaga 3 ochko hadya etish bilan boshlagan Armaniston terma jamoasi keyingi turlarda Uels (4:2) va Latviya (2:1) termalaridan ustun kelib, o‘z guruhida 2-o‘ringa chiqib oldi.

To‘g‘ri, millatlar Ligasida ishtirok etayotgan Xorvatiya hozircha 3-pog‘onada va yo‘qotilgan ochkolar bo‘yicha oldinda. Lekin armanlar yarim yil avval JCH-2022da to‘p surgan Uelsdan yaxshiroq natijaga egalar. Etiborli jihati - Armaniston terma jamoasi tarkibida mahalliylashtirilgan o‘yinchilar ko‘p. Boz ustiga, ular nafaqat sobiq Ittifoq hududida, balki juda olis mamlakatlarda tug‘ilganlar. Keling, ular bilan tanishib chiqaylik:

Eduard Spersyan - Stavropol, NairTiknizyan - Peterburg, Stanislav Buchnev - Vladikavkaz, David Davidyan - Nijniy Novgorod, Georgiy Arutyunyan va Arsen Beglaryan - Krasnodar.

Olis xorij vakillariga kengroq to‘xtalishni lozim topdik:

Andre Chalishir, Shvesiyada tug‘ilgan, faoliyatini asosan o‘z yurtida o‘tkazadi.

Yunonistonning «Apollon Smirnis» va Daniyaning «Silkeborg» jamoalaridagi 2 yilni inobatga olmaganda, Andre Shvesiya klublarida to‘p surmoqda. 2018 yilda u ajdodlari ko‘magida arman pasportiga ega bo‘lib, milliy terma jamoadan joy oldi. Himoyachi hozirga qadar 24ta o‘yinda Armaniston sharafini himoya qildi.

Norberto Briasko, Argentinada tug‘ilgan, «Boka Xuniors»da o‘ynaydi.

Buenos-Ayresdagi ispan-arman oilasida dunyoga kelgan futbolchi uzoq vaqt davomida «Urakan» jamoasida to‘p surdi, 2021 yilda «Boka» safiga o‘tdi. Briasko Argentina grandiga o‘tishidan 3 yil avval Armaniston terma jamoasidan taklif oldi. Ajdodlari bilan faxrlanib yuradigan vinger mamnuniyat bilan rozilik bildirdi. Norberto terma jamoa tarkibida 13 marta maydonga tushgan.

Ugochukvu Ivu, Nigeriyada tug‘ilgan, Armaniston top klublarida to‘p surmoqda.

Nigeriyaning Jos shahri fuqarosi «El-Kanemi Uorriors» klubidagi tahsildan so‘ng 2018 yil fevralida Armanistonga kelib, 1-liga vakili bo‘lgan «Lori» klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir yildan keyin yarim himoyachi elitada avval «Pyunik», keyin «Urartu» jamoalarida o‘ynadi. Shu yilning mart oyida futbolchi Armaniston fuqaroligini olib, Turkiyaga qarshi bellashuvda terma jamoadagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi.

Lukas Selarayan, Argentinada tug‘ilgan, MLSda tanilib qolgan.

Selarayan - terma jamoadagi eng tajribali muhojir. U Argentinaning Kordova shahri fuqarosi, faoliyatini «Belgrano» klubida boshlagan. Keyin Meksikaning «Tigres» jamoasida 4 yil to‘p surib, 32ta gol va 14ta assistni amalga oshirgan. Lukas MLSning «Kolambus Kryu»sida yorqin o‘yinlar ko‘rsatib, 101 uchrashuvda 62 (39}23) to‘pladi. Selarayan Armanistonda ikkinchi yilni o‘tkazmoqda - Uels darvozasiga urilgan 4ta golning 2tasi unga tegishli.

Grant-Leon Ranos, Germaniyada tug‘ilgan, «Dortmund» va «Bavariya» maktablaridan o‘tgan.

Bu futbolchi 2003 yilda etnik armanlar oilasida tavallud topgan, haqiqiy sharifi - Yeranosyan. Ranos «Gannover», «Borussiya» va «Bavariya» akademiyalaridan ke­yin Myunxen grandining ikkinchi jamoasida debyutini nishonladi. Hujumchi Bavariya regional ligasida sermahsul to‘p surib, 36ta o‘yinda 20ta gol va 13ta assistni rasmiylashtirdi. Endi u «Borussiya, M»da o‘ynamoqda. Armaniston terma jamoasida Grant-Leon mart oyida ilk bor maydonga tushib, Kiprga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida va Uelsga qarshi bahsda dubl­ga erishdi.

Ognen Chancharevich, Serbiyada tug‘ilgan, terma jamoaga yaqin edi, lekin Armaniston termasidan joy oldi.

33 yoshli Chancharevich - mahalliy «Alashkert» darvozaboni. 29 yoshgacha Serbiya klublarida o‘ynadi, 2017 yilda terma jamoaga jalb etildi, lekin maydonga tushmadi. 2023 yilda Armaniston pasportini olgach, Uelsga qarshi o‘yinda debyutini nishonladi.

Vbeymar va Xordi Monroylar, Kolumbiyada tug‘ilishgan, arman klublarida to‘p surishadi.

31 yoshli Vbeymar o‘z faoliyatini Kolumbiyaning «Patriotas», «Bogota», «Atletiko Uila» va «Alyansa Petrolera» jamoalarida o‘tkazgan. Keyin Armanistonning «Gandzazar» klubida 5 yil to‘p surgan, 2020 yildan «Ararat-Armaniston» tarkibida. O‘sha yili u Armaniston fuqaroligini olib, terma jamoa a’zosiga aylandi. Hozirgacha u 10ta uchrashuvda maydonga tushgan. Vbeymarning 27 yoshli ukasi Xordi Kolumbiyaning «Santa-Fe» va «Boyaka Chiko» jamoalaridan keyin Yerevanning «Noa» klubiga o‘tgandi. Lekin ko‘pchilik kasbdoshlaridan farqli o‘laroq, o‘tgan yil iyulida Xordi vataniga qaytib ketdi va «Independyente Medelin» klubidan joy oldi. Xordi 2018 yilda Armaniston terma jamoasiga jalb etilgandi. Biroq Yevro-2024 saralashiga taklif etilmadi.

Qahramonlarimiz orasida yozda chorlov olmagan raqobatchilar ham bor:

Nigeriyada tug‘ilgan Solomon Udo 8 yil arman klublarida to‘p surgan, 27 yoshli «Randers» vingeri Edgar Babayan daniyalik, «Kyoln» faxriysi Aleksandr Karapetyan va Sarkis Adamyanlar arman fuqaroligidan tashqari, nemis pasportiga ham egalar.

Nuqtali mahalliylash - Armaniston FF strategiyasining bir qismi. Federasiya tasarrufi 2019 yilda Armen Melikbekyanga o‘tgach, u bosh murabbiy lavozimiga Xoakin Kaparrosni taklif etgandi. 2022 yilning kuzida ispaniyalik mutaxassisning faoliyati qoniqarsiz, deb baholandi.

Armanistondagi mahalliylashtirish 2 yo‘nalishda olib boriladi: kelib chiqishi armanistonlik bo‘lgan xorijiy futbolchilar va mahalliy chempionatda o‘zini ko‘rsatayotgan legionerlar. Darvoqe, bu borada RPLdagi islohotlar ham qo‘l kelmoqda: 2020 yildan boshlab Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi a’zolari hududidagi futbolchilar legioner maqomidan forig‘ bo‘lishdi. Bu Armaniston FF yengillik yaratdi. Misol uchun, Xoren Bayramyan, Arshak Koryan va David Yurchenkolarning RPLda to‘p surishlari Armaniston terma jamoasida o‘ynashlariga monelik qilmaydi. Taajjubki, terma jamoaning muvaffaqiyatli starti Genrix Mxitaryan ketganidan keyin boshlandi. Arman futbolining eng yorqin afsonasi o‘tgan yilning mart oyida terma jamoa­ni tark etgandi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:23, 01.09.2023.
O'qildi: 2523 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.