Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

"Real" Garet Beyl bilan birga sotib olgan futbolchilar: ular hozir qayerda?

"Real" Garet Beyl bilan birga sotib olgan futbolchilar: ular hozir qayerda?

Baho:
+1 | -

Beyl "Real"ga kelib katta yutuqlarga erishdi. To‘qqiz yil davomida, hujumchi, yutish mumkin bo‘lgan sovrinlarni barchasiga ega chiqdi. Uels terma jamoasi afsonasi beshta YECHL sovrinini qo‘lga kiritgan. Uning 2018 yilgi finalda "Liverpul" darvozasiga urgan goli esingizda bordir?
2013 yilda Beyl "Tottenxem"dan sotib olinadi. Ammo u, o‘sha paytdagi yagona xarid emasdi. Beyl bilan birga Anchelotti jamoasi yana to‘rtta o‘yinchi xarid qiladi. Quyida ular haqida bilib olasiz.

Dani Karvaxal

Aslini olganda Karvaxal "Real"ga begona emas. U klub akademiyasida tarbiya topgan. Yosh futbolchi Mourinyo davrida, 2012 yili "Bayer Leverkuzen"ga 5 million yevro evaziga sotiladi. Ammo "Real" ham anoyi emas. Sotishdan oldin rahbariyat himoyachi bitimiga qayta sotib olish shartini ham kiritgandi. Bir mavsumdan keyin Karvaxal 6.5 million yevroga qaytarib olib kelingan edi. Shundan beri har qancha murabbiy almashmasin, Karvaxalning "Real" asosiy tarkibidagi o‘rni saqlanib qolmoqda. Negaki, u ishonchli vakildir.

Kazemiro

2012 yilda Kazemiro "San-Paulu" klubini tark etadi. Oradan bir yil o‘tib esa "Real" yarim himoyachini 6 million funt evaziga sotib oladi. Bu qaror o‘zini to‘liq oqlaydi. "Real" Braziliya terma jamoasi a’zosidan qariyb 10 yil foydalandi. Ayniqsa, Kazemiro 2015 yildan keyin o‘z darajasini namoyish etib, Toni Kroos va Modrich bilan ajoyib trio hosil qila oldi. Futbolchi "MYU" tomonidan katta summa evaziga sotib olindi va "Real" bundan 10 barobar foyda ko‘rdi.

Asyer Ilyarramendi

2010 yillarning birinchi yarmida "Real" transferlar siyosatining asosida yosh ispan futbolchilarini sotib olib, ularni sovrin yuta oladigan superyulduzlarga aylantirishdan iborat edi. Ammo bu reja ko‘ngildagidek amalga oshmadi. Buning tasdig‘i o‘laroq, 2021 yilgi qit’a chempionatida "Real"ning birorta ispan futbolchisi Ispaniya terma jamoasiga kira olmaganini keltirish mumkin. Omadsizlar qatorida Ilyarramendi ham bor edi. U Beyl bilan sotib olinadi. O‘sha paytda 23 yosh bo‘lgan yarim himoyachi "Real Sosyedad"dan 32.2 million yevroga xarid qilingan. Rahbariyat uni Xabi Alonso o‘rnini egallaydi deb umid qilgan. Ammo bunday bo‘lmadi. Ilyarramendi ikki mavsumdan keyin yana "Real Sosyedad"ga qayib ketishga majbur bo‘lgandi. Bu yozda futbolchi "Dallas" klubiga yo‘l oldi.

Isko

"Real"ning yuqorida keltirilgan transfer siyosati asosida xarid qilingan yana bir vakil Iskodir. Futbolchining klubdagi davrini omadli yoki omadsizga chiqarish oson emas. Isko "Malaga"dan 30 million yevro evaziga olib kelingandi. Isko Zidan davrida "Real"ning YECHLdagi muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin egallagan. Afsuski, so‘nggi yillarda u kuchayish o‘rniga o‘z formasini yo‘qotib qo‘ydi. Natijada, unga "Real"da o‘rin qolmadi. Isko bir muddatlik "Sevilya"dagi davridan keyin, hozir "Real Betis" bilan birga. Ko‘ramiz, uning Andalusiyadagi sarguzashtlari qanday davom etarkin...

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 12:01, 02.09.2023.
O'qildi: 8237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик