Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi superkubok bahsida 43 ta taktik sxemadan foydalangan. Bu esa "Manchester Yunayted" oldiga katta savol qo‘yadi

Mikel Arteta "Manchester Siti"ga qarshi superkubok bahsida 43 ta taktik sxemadan foydalangan. Bu esa "Manchester Yunayted" oldiga katta savol qo‘yadi

Baho:
+ | -

"Arsenal" menejeri Mikel Arteta Angliya superkobogi doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsda 43 ta sxemadan foydalangan.
To‘pchilar mavsum avvalida Gvardiola jamoasini penaltilar seriyasida 4-1 hisobida dog‘da qoldirgan edi. Unda Artetaning taktik hiylalari ish bergan. So‘nggi daqiqalarda maydonga tushirilgan Leandro Trossard gol urib, "Arsenal"ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoladi. Aynan o‘sha o‘yindagi qo‘llanmalardan "Fulxem"ga qarshi ham foydalanildi. Ammo bahs ayrim futbolchilar xatosi sababli 2-2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ispaniyalikning taktik eksperimentlari esa muxlislarda xavotir uyg‘otgan. Shunga qaramay, Mikel Arteta o‘z uslubini to‘g‘ri deb hisoblamoqda.

Mikel Arteta shunday deydi: "Biz oxirgi o‘yinimizda 36 ta turli xil taktik sxemalardan foydalandik. "Manchester Siti"ga qarshi esa ularning soni 43 ta edi. Bilasizmi, har bir o‘yin turli raqiblarga qarshi kechgani sababli, ularga alohida yondoshish talab etiladi. Har tongda uyimdan "London Kolni"ga boraman. Ba’zida ishda ertalabki soat oltiga qadar qolib ketishimga to‘g‘ri keladi. Odatda markaziy yo‘ldan ketaman. Ammo tezlik cheklangani sababli boshqa tomonga burilib ketishga majbur bo‘laman. Shu kabi, har kuni har xil narsaga guvoh bo‘lasiz. Futbolda ham shunday. Har qaysi o‘yin turlicha narsalarni talab etadi. Bu esa futbolning jozibalaridan biridir.

Arteta, shuningdek, sabrsiz muxlislarga qarata murojaat qilib, Kay Xavertsga biroz vaqt berishlarini so‘radi. Bu borada u shunday deydi: "Unga mehr ko‘rsating. Keyin hammasi yaxshi bo‘ladi".
Ko‘pchilik Xaversning "Arsenal" yarim hikoyasidagi o‘rnidan xavotirga tushayotgan edi. "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan Arteta shunday dedi: "So‘nggi yillarda bizda shunday misollar bo‘lgan, albatta. Ayrim futbolchilarga qo‘llab-quvvatlash, mehr va ishonch ko‘rsatib, ularni yuqori darajaga olib chiqdik. Masalan, Martin Edegor borasida ham muxlislarni ishontirish oson bo‘lgani yo‘q. Bunga bir necha oy ketgan. Gabriel misolida ham buni aytish mumkin. Odamlar Ben Uaytni qanotda o‘ynay olmaydi deb qancha gapirishganini bir eslang? Ramzdeyl "Arsenal"ga mos emas degan gap-so‘zlarchi? Bukayo Saka men bu yerga kelganimda, qanot himoyachisi ekani hali ham esingizdadir? Granit Jaka esa muxlislar bilan "sen-men"ga borib qolgan.
Do‘stlar, futbol shunday narsaki, futbolchilar o‘zi qilayotgan ishni sevib bajarishi kerak. Qachon ular buni sevib bajaradi? Qachonki, o‘yinchilar qo‘llab-quvvatlov va ishonchni his qilganida. Shu kabi, Kay Xaversga ham vaqt berish kerak. Men har kuni uni mashg‘ulotlarda kuzataman. Kelajakda Kaydan katta yulduz chiqadi. Mehnatkash, tezkor va texnikali. Bir futbolchidan yana nimalar kutish mumkin?

Esdan chiqarmangki, Kayning ortida uchta bahsda uch xil futbolchi bor edi. Men ham o‘tmishda yarim himoya vakili bo‘lganman. Shu sabab, ortingizdagi futbolchilar qanchalik sizning muvaffaqiyatingizda muhim o‘rin tutishini yaxshi bilaman. Shu sabab bog‘liqlik hosil qilish biroz vaqt talab etadi. Aytishim mumkinki, agarda Granit Jakaning ortida Zinchenko bo‘lmaganida edi, u o‘tgan mavsumni omadli o‘tkaza olmasdi. Agarda Fabiu Viyeyra va Martinellini bir joyga qo‘ysangiz, bu ish berishi mumkin. Negaki, ular bir-birini yaxshi tushunadi. Futbol, oxir-oqibat qandaydir sxema va taktikaga emas, balki futbolchilarning bir-birini tushunishi va birga o‘ynashdan zavq olishiga bog‘liq bo‘ladi. Kay borasida ham shunday deyish mumkin. U haqida gapirayotganda unutmangki, Kay allaqachon Germaniya terma jamoasi a’zosi va YECHLni yutgan. O‘z yoshiga nisbatan katta tajribaga ega. U biz bilan 3 ta APL bahsi o‘tkazdi xolos. Ozgina sabr qilinglar. Hali hammasi oldinda".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 12:03, 03.09.2023.
O'qildi: 2794 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.