Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Superliga va Pro liga hakamlari uchun seminar bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Superliga va Pro ligada faoliyat yuritadigan hakamlar ishtirokida o‘tgan tur uchrashuvlari yakunlariga bag‘ishlangan seminar tashkil qilindi. Unda O‘FA rahbariyati, O‘zbekiston futbol hakamlari markazi vakillari, instruktorlar, hakamlar va nazoratchilar ishtirok etishdi. Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tib, oxirgi tur uchrashuvlarida hakamlar tomonidan qayd etilgan xato va kamchiliklar o‘ganib chiqildi, tahlil qilindi va hakamlarga ogohlantirishlar berildi. Xatoga yo‘l qo‘ygan mutaxassislar quyi ligalarga tushirildi.

Seminarni O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov ochib berib, mamlakatimiz futboli rivojlanishi yo‘lida hakamlik zimmasida ham katta mas’uliyat yotganini alohida ta’kidladi:

«Assosiasiyaning futbolni rivojlantirish, xususan hakamlikni yangi darajaga olib chiqish yo‘lida olib borayotgan ishlariga barchangiz guvohsiz. Biroq oxirgi paytlarda aynan hakamlik bilan bog‘liq vaziyatlar sababli muxlislarda e’tirozlar paydo bo‘layotganiga guvoh bo‘lyapmiz. O‘FA saviyali hakamlikni o‘zining asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida tanlagani sababli muxlislar ham buni bizdan talab qilishga haqli. Barcha seminarlarda birinchi navbatda professionallikni talab qilamiz. O‘z bilim va ko‘nikmalari ustida doimiy ishlab boradigan hakam VAR yordamisiz uchrashuv tizginini nazorat qila oladi. Aynan shunday yondashuv bilan biz chempionatga bo‘lgan ishonch va qiziqishni kuchaytira olamiz. Agar bu vazifalarni to‘liq anglay olmayotgan, o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondashayotganlar bo‘lsa, ularning faoliyatini qayta ko‘rib chiqamiz. Buyog‘iga faqat sifatli hakamlik kriteriylarga mos keladigan mutaxassislar bilan ishlaymiz va ularni xalqaro darajaga yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni taqdim etamiz», — dedi Ravshan Ermatov.

Seminar davomida tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida o‘tgan tur uchrashuvlari davomida qayd etilgan bahsli vaziyatlar tahlil qilindi. Xatolar ko‘rsatib o‘tilib, kamchiliklarni bartaraf etish, keyingi o‘yinlarda bu xatolarni takrorlamaslik uchun nimalarga ahamiyat qaratish zarurligi bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Kiritildi: 21:32, 03.09.2023.
O'qildi: 960 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.