Trent Alexandr-Arnold-dan ilhomlangan «Liverpul» bilan Yurgen Klopp Premyer-ligadagi 300-o‘yinini qulay g‘alaba bilan nishonladi. Jamoa «Aston Villa»ni yirik hisobda yengdi (3:0). Yangi futbolchi Dominik Soboslai o‘zining «Liverpul»dagi ilk golini urdi, Metti Kesh Darvin Nunyesning zarbasidan so‘ng o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda Muhammad Saloh uchinchi golni urdi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. «Qizillar» bu mavsumda mag‘lubiyatsiz yurishini davom ettirmoqda, bu g‘alaba ularni uchinchi o‘ringa olib chiqdi.
Ammo bu o‘yin «Liverpul»ning asosiy sardori Aleksandr-Arnold uchun juda ham samarali bo‘ldi. O‘ng qanot himoyachisidan markaziy zonaga ko‘chib, raqib jarima maydoni ichida foydali paslar berdi. Uning 69 ta muvaffaqiyatli uzatmasidan 20 tasini raqibning to‘rtta so‘nggi himoyachilari o‘tkazib yuborgan. Jami paslarning atigi 7 tasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan xolos. Aniqlik ko‘rsatkichi 91%ni tashkil qiladi.
Aleksandr-Arnoldning o‘yin darajasini hisobga olsak, Klopp uning ikkinchi bo‘limda olgan jarohati unchalik jiddiy emasligiga umid qilmoqda.
Soboslaiga golli uzatma Aleksandr-Arnoldning 2023 yil Premyer-ligadagi 10-assistenti bo‘ldi. Bu yil uni uchta o‘yinchi – Leandro Trossard va Muhammad Saloh shuncha pas berishga ulgurgan. U 2019 (17) va 2021 (13) dan keyin bir kalendar yilida uchinchi marta 10+ assist qayd etmoqda.
Saudiya Arabistoni tomonidan katta qiziqishga sabab bo‘layotgan Saloh yuqori sport formasida ekanini isbotladi. 55-daqiqada u Nunyesning uzatmasidan so‘ng gol urdi. U Premyer-ligada ketma-ket 10 ta o‘yinda gol urgan yoki golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchi bo‘lib turibdi. 2021 yilning avgust-dekabr oylari oralig‘ida (ketma-ket 15 o‘yin) u xuddi shu ishni qilgan edi va hozir o‘z rekordi sari bormoqda. Agar «Liverpul» uni qo‘yib yuborsa, bu katta yo‘qotish bo‘ladi.
«Aston Villa» «Enfild»da so‘nggi oltita uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi (1 durang, 5 mag‘lubiyat), jamoa xalqaro tanaffusga 11-o‘rinda chiqib ketdi. Villaliklarning o‘yiniga hozir aniq bir baho berish qiyin. Ular bir qarasang, «Everton» va «Byornli» kabi klublarni mag‘lub etadi, ba’zida esa «Nyukasl» va «Liverpul»ga yirik hisobda mag‘lub bo‘ladi. Emeri barqarorlikni ushlab qolishi kerak.
Quyida har ikki jamoa va o‘yinchilarning statistikasiga e’tibor qaratamiz.
«Liverpul» futbolchisi Muhammad Saloh 2021 yilning avgust-dekabr oylari oralig‘idagi ketma-ket 15 o‘yinlik golda ishtirok etish ko‘rsatkichini davom ettirmoqchi. Uning kechagi goli ketma-ket 10-uchrashuvda sodir bo‘ldi. Salohning natijasini 2 yildan beri hech kim takrorlay olgani yo‘q.
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp Premyer-ligadagi ilk 300 o‘yinning 188 tasida g‘alaba qozondi; musobaqa tarixida faqat Pep Gvardiola (270 o‘yindan 201 ta g‘alaba) va Joze Mourinyo (189) bundan kamroq o‘yinlarda buncha bahsda g‘alaba qozonishgan.
«Liverpul» futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold Premyer-ligadagi 202-uchrashuvida o‘zining 55-assistentini qayd etdi va Mesut O‘zil (184 ta o‘yin), Eden Azar (245 ta), Xuan Mata (278 ta) va Jordan Xendersondan (431 ta) 1 ta golli uzatmaga o‘zib ketdi.
«Aston Villa» Premyer-ligadagi so‘nggi 7 ta safar o‘yinining atigi bittasida g‘alaba qozondi (2 durang, 4 mag‘lubiyat) va safarda o‘tkazgan so‘nggi 8 o‘yinning birortasida o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi.
2016 yilda «Sevilya» bilan Yevropa Ligasi finalida «Liverpul»ni mag‘lubiyatga uchratganidan beri «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri «Liverpul» bilan to‘qqizta uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi (3durang 6 mag‘lubiyat) va bu jarayonda uning klublari 26 ta gol o‘tkazib yubordi.
«Liverpul» futbolchisi Dominik Soboshlai Zoltan Gera, Tamash Priskin va Akos Buzsakidan keyin Premyer-ligada gol urgan to‘rtinchi venger bo‘ldi.
«Liverpul» futbolchisi Trent Aleksandr-Arnold 2023 yilda Premyer-ligada Leandro Trossard va Muhammad Salohdan keyin 10+ assist qilgan uchinchi futbolchi bo‘ldi; U 2019 (17) va 2021 (13) dan keyin bir kalendar yilida uchinchi marta 10+ natija qayd etmoqda.
Metti Keshning avtogoli o‘tgan mavsum boshidan beri Premyer-ligada «Liverpul» foydasiga kiritilgan beshinchi avtogol bo‘ldi, bu vaqt ichida hech bir jamoa «qizillar»chalik eng ko‘p foyda olishmadi.