Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Shimoliy Londondagi dejavyu. «Arsenal» – «Manchester Yunayted» bahsi raqamlarda

Shimoliy Londondagi dejavyu. «Arsenal» – «Manchester Yunayted» bahsi raqamlarda

Baho:
+ | -

Kecha Londonning shimolida dejavyu sodir bo‘ldi, chunki ketma-ket ikkinchi mavsumda «Arsenal» «Emireyts» stadionida «Manchester Yunayted»ni mag‘lub etdi. So‘nggi daqiqalarda amalga oshirilgan kambek «MYU»ni og‘ir ahvolga solib qo‘ydi. «To‘pchilar» «MYU»ga o‘z quroli bilan zarba berdi. 

Umumiy o‘yin statistikasi «Arsenal»ni g‘alabani osonlik bilan qo‘lga kiritgandek qilib ko‘rsatishi mumkin, ammo umumiy 2,27 XGning uchdan bir qismi Rays va Jezusning o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda urgan gollari tufayli paydo bo‘ldi. Biroq «Arsenal» uchrashuvning katta qismini raqib maydoni yarmida o‘tkazdi va mehmonlarga qaraganda ancha ko‘proq hujumkorlikni namoyish etishdi. Ularning raqib maydonchasidagi 42 marta to‘pga teginishi «Yunayted»ning ko‘rsatkichidan (19) ikki baravar ko‘p. «Kanonirlar» jarima maydoni ichiga o‘z raqibiga qaraganda uch baravar ko‘p uzatma amalga oshirgan (168 – 47).

Erik ten Xag boshchiligidagi «Manchester Yunayted» jamoasi o‘yin davomida «Arsenal» darvozasiga hujum qilish uchun juda kam ishtiyoq ko‘rsatdi, aksincha, «Arsenal»ni qarshi hujumlarda ushlashga harakat qildi. Bu ularning birinchi bo‘lib hisobni ochishlariga yordam berdi. 

«Yunayted»ning atigi 12,2% paslari muvaffaqiyatli tarzda jarima maydoniga yetib borgan. Bu «MYU»ning Premyer-ligadagi ikkinchi eng past ko‘rsatkichidir (2006-07 yildan beri). Paslar borasidagi aniqlik 64 foizni tashkil etdi.

«Arsenal»da esa bu ko‘rsatkich 80 foizga yetgan.

Quyida ushbu bahsga doir ayrim statistikalarni taqdim etamiz.

Deklan Raysning 95-daqiqa 43-soniyada urgan goli «Arsenal» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi APL qarama-qarshiliklaridagi eng kech urilgan gol bo‘ldi.

«Arsenal» «Manchester Yunayted»ga qarshi «Emireyts»da o‘tkazgan so‘nggi oltita o‘yinda mag‘lubiyatga uchramagan (5 g‘alaba 1 durang) va 1991 yilning may oyidan beri birinchi marta liga doirasidagi uyda o‘tgan 3 bahsda g‘alaba qozondi.

«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining Londonda o‘tkazgan so‘nggi oltita safar o‘yinida g‘alaba qozona olmadi (2 durang, 4 ta mag‘lubiyat), bu 2015-2016 yillar oralig‘idagi eng uzoq davom etgan seriya hisoblanadi.

«Manchester Yunayted» bu o‘yinda atigi  110 soniya oldinda bo‘ldi. Keyin Edegor 28-daqiqada hisobni tenglashtirdi. «Arsenal» «Emireyts»da Premyer-liga doirasida dastlab gol o‘tkazib yuborgan so‘nggi 9 bahsning faqat ikkitasida mag‘lub bo‘lgan, shulardan beshtasida g‘alaba qozongan (2 ta durang).

Markus Reshford «Arsenal»ga qarshi APLdagi ketma-ket uchta o‘yinda gol urgan «Manchester Yunayted»ning ikkinchi futbolchisi bo‘ldi. 2012-2013 yillar oralig‘ida Robin van Persi bu ishni uddalagan.

27-daqiqada Markus Reshford hisobni ochgan payti «Manchester Yunayted» birinchi zarbasini yo‘llagan edi va bu «Arsenal» jarima maydoni ichidagi to‘pga birinchi teginish edi. Darhaqiqat, 2023 yilda «Arsenal» yettinchi marta Premyer-liga o‘yinida raqibning birinchi zarbasidan gol o‘tkazib yubordi - bu davrdagi eng ko‘p ko‘rsatkich.

Martin Edegor «Arsenal» safida o‘zining Premyer-ligadagi 25-golini kiritdi, shu bilan birga u o‘tgan mavsum boshidan buyon «kanonirlar»ning barcha o‘yinchilaridan ko‘ra ko‘proq gol urdi (17).
«Manchester Yunayted» futbolchisi Kristian Eriksen Premyer-ligadagi 75-assistentini qayd etib, Tyerri Anrini (74) ortda qoldirdi va musobaqa tarixida assistlar soni bo‘yicha xorijlik futbolchilar orasida beshinchi o‘rinni egalladi.

Kiritildi: 14:40, 04.09.2023.
O'qildi: 1910 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.