Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ndombele Turkiyaga o‘tishga yaqin

Ndombele Turkiyaga o‘tishga yaqin

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Tanguy Ndombele «Tottenxem»dan «Galatasaroy»ga o‘tadi.

Klublar 26 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olish borasida kelishib oldi.

Nufuzli insayder Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Ndombele allaqachon tibbiy ko‘rikning birinchi qismidan o‘tgan. Dushanba kuni futbolchi Istanbulga uchib ketadi.

Aytish joizki, so‘nggi bir yarim yil ichida Ndombele «Tottenxem»dan ikki marta – avvaliga «Lion»ga, keyin esa «Napoli»ga ijaraga berilgandi.

Qo‘shimcha qilamizki, nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari Tanguy Ndombeleni 22 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 19:16, 04.09.2023.
O'qildi: 771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик