Qo‘shiqchi Teylor Sviftning muxlislari Jud Bellingemni yoqlab ovoz bergan bo‘lishlari mumkin.
"Golden Boy" sovrini uchun "Barselona" himoyachisi Aleks Balde va "Real" futbolchisi Jud Bellingem da’vogarlik qilmoqda.
Kataloniya klubining "Barca Universal" muxlislar guruhi Baldening Teylor Svift musiqasini yoqtirmasligini aytgan iqtibosini Twitter'da qoldirdi. Futbolchi bu so‘zlarni shu yilning may oyida aytgan bo‘lsa-da, bu ibora endi e’lon qilindi.
Shundan so‘ng, aftidan, qo‘shiqchining muxlislari Madrid klubi futbolchisiga faol ovoz berishni boshladi.
Xususan, Sviftning muxlislaridan biri Twitter'da shunday yozgan: “Hey Sviftiylar! Keling, Balde "Golden Boy"ni qo‘lga kiritmasin! Jud Bellingemga ovoz bering!"
Tuttosport so‘rovnomasida Bellingem hozirda 86 foizdan ko‘proq ovozga ega.
Shu bilan birga, futbolchiga berilgan ovozlar soni juda tez o‘sdi - kecha uning akkauntida 30 foizga yaqin ovoz bor edi, Svift haqidagi iqtibos e’lon qilinganidan keyin esa taxminan ikki soat ichida u 60 foizgacha o‘sdi.
Balde, o‘z navbatida, ayni damda 11 foizdan kam ovozga ega.
Shuningdek, nomzodlar orasida Jamol Musiala ("Bavariya"), Gavi ("Barselona"), Antonio Silva ("Benfika"), Xavi Simons (PSV/"Leypsig"), Florian Virts ("Bayer"), Benjamin Sheshko ("Leypsig"), Devin Rensx ("Ayaks"), Jorjio Skalvini ("Atalanta") kabi futbolchilar ham bor.