Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Chelsi" himoyachisi Pochettinoning mahoratini yuqori baholadi

"Chelsi" himoyachisi Pochettinoning mahoratini yuqori baholadi

Baho:
+ | -

"Chelsi" markaziy himoyachisi Levi Kolvill yozda "aristokratlar"ni qabul qilib olgan Maurisio Pochettinoning murabbiylik mahoratini yuqori baholadi. E’tibor bering, Kolvillning "Chelsi" bilan shartnomasini uzaytirishida aynan argentinalik mutaxassisning hissasi bor.

"Pochettino - ajoyib murabbiy, men u bilan o‘zimni qulay his qilaman, u menga eng yaxshi futbol o‘ynashimga imkon beradi. Menimcha, Maurisio klubda juda ko‘p narsani o‘zgartirdi, ammo endi biz nihoyat natijaga erishishimiz kerak", - deya Kolvill so‘zlarini keltirgan jurnalist Saymon Fillips.

Pochettino boshchiligidagi “Chelsi” Angliya Premyer-ligasining dastlabki to‘rt turida to‘rt ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 12:11, 06.09.2023.
O'qildi: 1011 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик