Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

APL chempioni yaqin soatlar ichida Saudiya chempionatiga o‘tadi

APL chempioni yaqin soatlar ichida Saudiya chempionatiga o‘tadi

Baho:
+ | -

"Everton" yarim himoyachisi Demaray Grey faoliyatini Saudiyaning "Al Ittifoq" klubida davom ettiradi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, transfer summasi 10 million dollarni (taxminan 9,3 million yevro) tashkil qiladi. Greyning Saudiya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

27 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda “Everton” safida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali yamaykalik vingerni 20 million yevroga baholamoqda.

Grey 2021 yilning o‘rtalaridan beri "Everton" sharafini himoya qilmoqda. Avvalroq u "Bayer", "Lester" va "Birmingem" klublarida o‘ynagan. "Tulkilar" tarkibida yarim himoyachi Angliya chempioni bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 16:58, 06.09.2023.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик