Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

"Barselona" Koutinyoning transferini 50 foizini oladi

"Barselona" Koutinyoning transferini 50 foizini oladi

Baho:
+ | -

"Aston Villa"ning braziliyalik yarim himoyachisi Filippe Koutinyo Qatarning "Al-Duhayil" klubiga o‘tishga yaqin turibdi.

90min nashri ma’lum qilishicha, agar kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshsa, "Barselona" "Aston Villa"ning foydasidan yarmini oladi. Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli futbolchi 2018 yildan 2022 yilgacha Kataloniya klubiga tegishli edi.

Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida Koutinyo ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi jami 24 daqiqa maydonda o‘tkazdi va gol urmadi.

Braziliyalik futbolchining "Aston Villa" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Koutinyoning narxini 10 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 22:17, 06.09.2023.
O'qildi: 2795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик