Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

OCHL o‘yinlari O‘zbekistonda translyasiya qilinadimi?

OCHL o‘yinlari O‘zbekistonda translyasiya qilinadimi?

Baho:
+ | -

Turkiyaning "Saran" kompaniyasi OFK Chempionlar ligasi o‘yinlarini Osiyo mamlakatlarida translyasiya qilish bo‘yicha eksklyuziv huquqlarni OFKdan sotib olgan.

"Saran", o‘z navbatida, bu huquqlarni Osiyo davlatlaridagi mahalliy teleradiokompaniyalarga sotadi. O‘zbekistonda Chempionlar ligasining o‘tgan yilgi mavsumini translyasiya qilgan "UzReport" kanali bu yil OCHL huquqlarini sotib olmasligini ma’lum qilgan.

"Saran" esa O‘zMTRKga translyasiya huquqlarini sotib olishni taklif qilgan. Lekin, "Saran" translyasiya huquqlari uchun so‘rayotgan summa deyarli 1 million AQSH dollari atrofida.

Bundan tashqari, "Saran" translyasiya uchun talab qilayotgan texnika O‘zbekistonda mavjud emas. Ya’ni bironta kanalimiz OCHL o‘yinlarini translyasiya qilmoqchi bo‘lsa, texnikani "Saran"dan ijaraga olishiga to‘g‘ri keladi. Shu sababdan OCHL o‘yinlarini O‘zbekistonda translyasiya qilinishi so‘roq ostida qolmoqda.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 22:27, 06.09.2023.
O'qildi: 5365 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.