La Liga prezidenti Xavyer Tebas yana bir bor Lionel Messining "Barselona"ga muvaffaqiyatsiz qaytishi haqida gapirdi.
Yozda Kataloniya klubi argentinalik yulduzni o‘z safiga qaytarishga urinib ko‘rdi, ammo buning uddasidan chiqmadi - 36 yoshli futbolchi "Inter Mayami"ga yo‘l oldi.
"Messi "Barselona"ga o‘tolmasdi, chunki tomonlar kelishuvga erishmagan. Men uning futbolni shu yerda, Ispaniyada tugatishini istardim va bu hamma uchun yaxshi bo‘lardi – u uchun ham, men uchun ham, “Barselona” uchun ham.
Messining o‘ziga xos fikrlash tarzi bor, so‘nggi yillarda u yangi tajribalar izlamoqda. Afsuski, Leoning ispan futboli bilan xayrlashuvi qayg‘uli bo‘lib chiqdi”, dedi Tebas.