Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Portugaliya chempionati kuchlimi yoki Saudiya Arabistoni? Ronaldu javob berdi

Portugaliya chempionati kuchlimi yoki Saudiya Arabistoni? Ronaldu javob berdi

Baho:
+ | -

"An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya va Saudiya Arabistoni chempionatlarini o‘zaro taqqosladi.

«Har bir chempionatda ziddiyatli vaziyatlar bo‘ladi, ammo Portugaliyada ularning soni ko‘p. Bu yomon. Futbolni ozgina tushunadigan insonlar buni anglab olishadi. Ammo hamma o‘z fikrini aytadi.

Hozir Portugaliya chempionati yomon bosqichni boshdan kechiryapti. Ammo, umid qilaman, barcha o‘zgaradi. Aslida nimalar bo‘layotganini bilishi uchun yaqinda gazetani varaqladim. Dastlabki uchta maqola futbol haqida emasdi. Demak, hozir vaziyat yaxshi emas ekan, degan fikr keladi.

Portugaliyalik sifatida bu meni xavotirga soladi. Bizning Liga jahondagi eng yaxshilaridan biri bo‘lishini istardim, ammo hozir unday emas.

Barcha o‘z fikrini aytyapti, barcha bahslashyapti, 40 ta bahs va munozaralarga to‘la. Bu juda yomon. Mana nima uchun Portugaliya chempionati yaqin orada APL, La Liga yoki Bundesliga kabi top-chempionatga aylanmaydi.

Portugaliya ligasi Yevropaning kuchli to‘rt yoki besh chempionatiga kiradi, deb o‘ylardim. Ammo unday emas ekan. Saudiya Arabistoni chempionati Portugaliyanikidan yaxshiroq. U yerda mojarolar, shov-shuvlar ko‘p emas. Futbolchilar esa nom jihatdan yuqori saviyada.

Vaqti kelib, vaziyat o‘zgaradi, ammo qiyin bo‘ladi. Ehtimol, buning imkoni yo‘qdir. So‘nggi paytlarda ro‘y berayotgan voqealar — Portugaliya chempionatini sirkka aylantirib yubordi», – dedi Ronaldu.

Ma’lumot o‘rnida. So‘nggi oylarda Portugaliya chempionatida hakamlar bilan bog‘liq bir nechta mojaroli vaziyatlar ro‘y berdi.

Shunday voqealardan so‘nggisi «Portu» - «Aruka» o‘yinida ro‘y berdi. Mezbonlar o‘yinga qo‘shib berilgan 19-daqiqada (!) qoida xlof ravishda (futbolchi to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan — videotakrorlarni tomosha qilishga mo‘ljallangan monitor ishlamay qolgan) hisobni tenglashtirib, mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Qo‘shib berilgan vaqt esa 22 daqiqa davom etdi. Bu esa boshqa klublarning ham e’tiroziga sabab bo‘ldi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 07:44, 07.09.2023.
O'qildi: 7756 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.