Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/09 00:00 Selta 0-1 Atletiko
27/09 17:00 Qizilqum 1-0 Metallurg
27/09 17:30 Tailand 2-5 Fransiya
27/09 19:15 OKMK 1-0 Lokomotiv
27/09 20:00 Argentina 2-0 Xorvatiya
27/09 23:45 Milan 3-0 Lechche
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa - Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad - Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton - Liverpul
28/09 23:45 Bolonya - Atalanta
29/09 00:00 Osasuna - Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid

Arab diyoriga qiziqmagan yulduzlar!

Arab diyoriga qiziqmagan yulduzlar!

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonida transfer oynasi yopildi - Yevropaning top-klublari endi erkin nafas olsa bo‘ladi. Yozda butun yulduzlar shayxlar klublari tomon ko‘chib o‘tdi - Benzema, Neymar, Mane, Kante, Lyaport va boshqalar.

Ammo Saudiya pullari uchun vasvasaga tushmaganlar ham bor. Ularning qarori ayrim o‘rinlarda hurmatga loyiq.

Leo Messi

Tengri Sport xabariga ko‘ra, argentinalikka ikki yil davomida 1,2 milliard yevro taklif qilingan. Lekin Leo «Inter Mayami»ga jo‘nab ketdi. Biroq, saudiyaliklar uni pulsiz qoldirishmaydi: New York Times gazetasi Messining turizm vazirligi bilan shartnomasi borligi haqida yozdi. Ushbu mamlakatda dam olish va turli tijorat faoliyati uchun u uch yil davomida 25 million dollargacha ishlab olishi mumkin.

Messi bilan birga Serxi Buskets va Jordi Alba Saudiya Arabistoniga emas, AQSHga ketdi.

Luka Modrich

Yoz yana bir «Oltin to‘p» sohibining «Real»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar bilan boshlandi. Ok Diario uch yil uchun taxminan 120 million yevro, Marca ikki yil uchun taxminan 80 million yevro va yana 20 million bonuslarni yozgan. Biroq xorvatiyalik futbolchi «Al-Ahli»ga o‘tishni istamadi va «Real»da kamida yana bir mavsum qoladi.

Romelu Lukaku

«Al-Hilol» yozda hujumchi qidirayotgan edi, «Chelsi» belgiyalik futbolchini sotmoqchi edi, biroq mavsum uchun 25 million yevro Romeluga yoqmadi. U Italiyada o‘ynashni istardi - va yakunda «Roma»ga o‘tdi. «Al-Hilol» esa Aleksandr Mitrovichni sotib oldi.

Bernardu Silva

Pep bir necha yillardan beri yarim himoyachiga bo‘lgan boshqa klublarning qiziqishini bloklab kelmoqda. «Barselona» va «PSJ»ning doimiy qiziqishlari orasida Saudiya Arabistonidan ham taklif bor edi. Biroq portugaliyalik buni rad etdi va «Manchester Siti»da qoldi.

Olivye Jiru

Fransiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar Saudiya Arabistoni klublarining ham nishoniga aylangandi. Jurnalist Nikolo Skira Olivye yaxshi taklifni rad etganini tvitterda yozdi. Hujumchi Yevropada o‘ynashni va gol urishni davom ettirmoqchi.

Kilian Mbappe

Iyul oyida «Al-Hilol» Mbappe uchun deyarli bir milliard tayyorladi: «PSJ» uchun 300 million, futbolchining o‘zi uchun 700 million yevro. Hamma Kilianning sekundiga maoshini hisoblayotgan bir paytda Fransiya terma jamoasining yangi sardori saudiyaliklar bilan uchrashishdan shunchaki bosh tortdi. U yana bir yil «PSJ»da qoladigan bo‘ldi. «Al-Hilol» esa Neymar variantiga o‘tdi.

Tomas Myuller

Osiyo giganti «Bavariya» ramzi variantiga to‘xtaldi - unga uch yillik shartnoma taklif qilindi, biroq nemis Myunxenni tark etishni o‘ylasada, buni rad etdi. Myuller Yevropada o‘ynashni orzu qiladi, shuning uchun endi Yevropadan ketish shart emas.

Isko

Qishda u «Al-Xalaj» klubida o‘ynashni istamagan, ammo keyin «Sevilya»ni tark etgan va jamoasiz qolgandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu bejiz emas: yarim himoyachi «Betis»ga suyukli Manuel Pellegrini oldiga yo‘l oldi va mavsumni juda kuchli boshladi.

Son Xing Min

Koreyalik, umuman olganda, u uchun pul muhim emasligini, shuning uchun Saudiya Arabistoniga bormasligini aytdi. Yiliga 30 million yevro va 4 yillik shartnoma «Tottenxem»ning yangi sardorini umuman hayratda qoldirmadi.

Marko Veratti

Qiziqarli holat. «PSJ»ga italiyalik kerak emas - uni maydonga tushirishmaydi va Chempionlar ligasi uchun arizaga kiritilmagan. Ammo u Saudiya Arabistonida bo‘lmaydi, chunki «Al-Ahli» va «Al-Hilol» o‘zini Markoning agenti sifatida ko‘rsatgan firibgar bilan muzokara olib borishgan.

Rasmiy ravishda Veratti Saudiya Arabistoni jamoalarini rad etmadi, lekin u ortiqcha harakat qilgisi kelmadi. Endi u katta ehtimol bilan Qatarning «Al-Arabi» jamoasida faoliyatini yakunlaydi.

Pol Pogba

«Yuventus»ga qaytish noaniq variant bo‘lib turgan paytda Pol iyul oyida Saudiya ligasiga o‘tish variantini rad etdi - u terma jamoa bilan Yevro-2024ga borishni orzu qiladi. Buning uchun sport formasini tiklash talab etiladi.

Serxio Ramos

Robert Levandovski

Polsha OAV «Barsa» forvardi Saudiya Arabistoniga kerakligi haqida yozgan. Bundan tashqari, ular yiliga 150 million yevrolik to‘lovni aytishdi, ammo muzokaralar hali boshlanmadi. Levandovskini bunday variantlar umuman qiziqtirmaydi, unga «Barselona» yoqadi.

Muhammad Saloh

Biz Salohning o‘zidan eshitmaganmiz va u takliflarga qanday munosabat bildirganini bilmaymiz. Ammo Saudiya varianti ancha muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bu yerda mantiqiy uzviylik bor edi - Premyer-liganing asosiy arab futbolchisi. «Liverpul»dagi sheriklari Mane va Firmino, shuningdek, asosiy musulmon futbolchilari Mahrez va Benzema allaqachon Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishgan. Saudiya Arabistoni tashqarisidagi barcha islomiy futbol yulduzlaridan Saloh va Zidan chetda qolmoqda xolos.

Eng qizig‘i, «Al-Ittihod» faqat transfer oynasi oxirida faollashdi. Muhammadga 200 million funt sterlinggacha taklif qilingan - bu rekord summa. Ammo Klopp futbolchini qo‘yib yubormasligini aytdi.

Kiritildi: 10:55, 09.09.2023.
O'qildi: 2005 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.