Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

AQSH - O‘zbekiston o‘yinidan kelib chiqqan xulosalar

AQSH - O‘zbekiston o‘yinidan kelib chiqqan xulosalar

Baho:
+-1 | -1

AQSH va O‘zbekiston terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni to‘liq tomosha qilgan nafaqat o‘zbekistonlik, balki amerikalik muxlislar ham hisob o‘yinga mos bo‘lmaganini ta’kidlashmoqda.

O‘yindan oldingi barcha salbiy faktorlarni inobatga olgan holda, terma jamoamiz kutilganidan yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi deyish mumkin. Salbiy faktorlar quyidagilardan iborat edi:

— sust jismoniy tayyorgarlik va charchoq alomatlari;

— asosiy futbolchilarimizda o‘yin amaliyotining yo‘qligi;

— U-23 terma jamoasi futbolchilarining Osiyo kubogi saralashida qatnashayotganligi.

O‘yin boshida konsentrasiyaning yo‘qotilishi natijasida rikoshet orqali kiritilgan golni hisobga olmasa, jamoamiz maydonda bitta o‘yinchi kam qolgunga qadar yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. O‘yinda zarbalar statistikasidagi ustunligimiz ham bunga yaqqol misol.

Terma jamoamizning 2-zonada to‘pni olib qo‘yib, tezkor qarshi hujumga o‘tishi natijasida Shomurodovda 2 ta 100 foizlik imkoniyat yuzaga keldi. Terma jamoamiz bu uslubni Katanes davrida yaxshi o‘zlashtirdi, ammo termamiz sardorining hozirgi formasi vaziyatlarni golga aylantirishga to‘sqinlik qildi. Eldordan tashqari, o‘yinni asosiy tarkibda boshlaganlardan Masharipov, O‘runov, Shukurov, Aliqulov va Ashurmatov turli sabablarga ko‘ra klublarida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Alijonov esa aksincha, o‘tgan oy davomida Superligada, kecha esa AQSHga qarshi o‘zining eng yaxshi formada ekanligini ko‘rsatdi. Aynan Alijonovning jarohati natijasida bitta o‘yinchi kam qolganimiz — o‘yin oxirida 2 ta gol o‘tkazib yuborishimizga sabab bo‘ldi. Maydonda uchta bo‘lib qolgan himoyachilarimiz yanada ehtiyotkor o‘ynash o‘rniga, hisobni tenglashtirish uchun o‘z pozisiyalarini tark eta boshlashdi va jazolanishdi.

2-bo‘lim o‘rtalarida hisobni tenglashtirish uchun Ashurmatov o‘rniga G‘aniyev tushirildi va 3-4-3 dan 4-3-3 sxemasiga o‘tildi. Hujumdagi faolligimiz oshishi bilan, himoyamizda ham bo‘sh zonalar yuzaga kela boshladi. Bu o‘yindan olingan asosiy saboq — o‘zimizdan kuchliroq terma jamoalarga qarshi baribir 3 ta markaziy himoyachi bilan o‘ynaganimiz ancha ishonchliroq ekanligiga amin bo‘ldik.

Manba: @SamvelKarlenich
Kiritildi: 14:43, 10.09.2023.
O'qildi: 8948 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.