Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Barselona» prezidenti maslahatchisi Usmon Dembeleni tanqid qildi

«Barselona» prezidenti maslahatchisi Usmon Dembeleni tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Barselona» prezidenti maslahatchisi Enrik Masip jamoani tark etgan Usmon Dembeleni tanqid qildi.

«Usmon jamoani bunday tark etganidan barchaning hafsalasi pir bo‘ldi. Menga yaxshi o‘yinchilar yoqadi, ammo men sadoqatni  ustun qo‘yaman. Agar sizda har ikki xislat bo‘lsa, bu ajoyib.

Dembele shartnoma uzaytirmagan paytda yetarlicha jonbozlik ko‘rsatmadi. Shaxsan men 10 ballga loyiq bo‘lgan, ammo ko‘proq pul ishlash maqsadida ikki kundan keyin boshqa jamoaga o‘tib ketadigan futbolchidan ko‘ra 7-8 ballga baholangan, biroq klubga sadoqatli bo‘lgan o‘yinchilarni ustun qo‘yaman.

Gol urganingda yoki ijtimoiy tarmoqlarda vaqt o‘tkazayotganingda klub ramzini o‘pish oson. Ko‘proq pul ishlab topishni istash ham normal holat. Ammo o‘z ishiga sadoqatli kishi pulga qaramaydi, bugun boshqa, ertaga boshqacha gapirmaydi», – dedi Masip "Diario Sport" nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Dembelening transferi uchun "PSJ" to‘lagan 50 million yevroning yarmidan biroz ko‘prog‘ini «Barselona» olgan bo‘lsa, qolgan qismini futbolchi va uning agentlariga tegdi.

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 23:37, 10.09.2023.
O'qildi: 3731 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик