"Liverpul" so‘nggi mavsumlarda "Vest Xem" hujumchisi Jarrod Bouenning o‘yinidan katta taassurot olgan. The Athletic xabariga ko‘ra, mersisaydliklar bosh murabbiyi Yurgen Klopp angliyalikni o‘z qisqa ro‘yxatida saqlaydi.
"Liverpul" "Vest Xem" Bouen uchun juda katta miqdorda tovon talab qilishini tushunadi, shuning uchun klub o‘tgan yozda "bolg‘achilar" bilan faol muzokaralar o‘tkazmadi.
Yangi mavsumda Bouen Angliya premyer-ligasining dastlabki to‘rt turida uchta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.













